Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Siyosiy partiyalardan vakolatli vakillar ro‘yxatga olindi

© Sputnik / Gazeta.uz/Abdullo Yodgorov Flagi politicheskix partiy Uzbekistana
Flagi politicheskix partiy Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi 5 ta siyosiy partiya rahbarlari tavsiya etgan vakolatli vakillar ro‘yxatga olindi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari prezident saylovida ishtirok etuvchi siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Markaziy saylov komissiyasi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi rahbarlari tavsiya etgan vakolatli vakillarga tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqdi.
Vakolatli vakillarni ro‘yxatga olish hamda ularga belgilangan shakldagi guvohnoma (mandat)ni berish haqida qaror qabul qildi.
O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiya saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil tayinlashga haqli.
Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari shaxsini tasdiqlovchi, siyosiy partiya tomonidan berilgan hujjatlarni va tegishli saylov komissiyasining mandatini o‘z yonida olib yurishi shart.
Siyosiy partiya o‘zining vakolatli vakili ro‘yxatga olinganlik guvohnomasini olganidan keyingina saylovchilarning imzosini to‘plashga haqli.
Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda 5 ta siyosiy partiya, xususan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP), O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston ekologik partiyasi bor.
Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0