O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin — 13-may kungi ob-havo

© Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmatiO‘zbekistonda kuz!
O‘zbekistonda kuz! - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, respublikaning 10 dan ziyod shaharlarida yomg‘ir yog‘adi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Bugun, 13-may kuni O‘zbekistonning qator hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +18-20, kunduzi +27-29 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +15-20 daraja iliq, kunduzi +30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +17-22 daraja iliq, kunduzi +30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridahavo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +15-20 daraja iliq, kunduzi +27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +17-22 daraja iliq, kunduzi +30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridahavo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +13-18 daraja iliq, kunduzi +27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlaridahavo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +6-11, kunduzi +15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0