https://oz.sputniknews.uz/20230513/ozbekiston-idoralar-vakolat-mahalla-34894352.html
Mirziyoyev O‘zbekistondagi qaysi idoralar vakolati mahalla darajasiga tushishini ma’lum qildi
Mirziyoyev O‘zbekistondagi qaysi idoralar vakolati mahalla darajasiga tushishini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi Jangoh mahallasida bo‘ldi va mutasaddilarga aholi ishonchini qozonish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
2023-05-13T10:23+0500
2023-05-13T10:23+0500
2023-05-13T10:23+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
mahalla
soliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0d/34895031_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_bd2d12ee771de91cd5738ae6080f5346.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekistonda moliya, soliq, bandlik kabi idoralarning kamida 30 foiz vakolatlari mahalla darajasiga tushiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi Jangoh mahallasida bo‘ldi. Davlat rahbari mahalla raisi va vakillari bilan suhbatlashdi. Mahalla ayvonida odamlar bilan samimiy suhbat bo‘ldi.Mutasaddilar bilan suhbatda kommunal tarmoqlarni yangilab borish, aholi ishonchini qozonib, to‘lovlar barqarorligini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.Davlat rahbari “Yangi Jangoh” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan ham tanishdi. U mahalladagi 52 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatadi. 24 nafar mutaxassis va maxsus texnikalar doim shay holatda. Hisob-kitoblarda billing tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Mening uyim” mobil ilovasi joriy etilgan.Prezident shu mahalla yaqinida, Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi xiyobonda barpo etilgan istirohat yo‘lagini ham ko‘zdan kechirdi. Bu maskan aholi va xorijlik turistlar uchun yana bir diqqatga sazovor joyga aylanishi ta’kidlandi.Jangoh mahallasida 6 ming 700 nafardan ziyod aholi yashaydi. O‘ndan ortiq maishiy xizmat va yuzdan ziyod savdo do‘konlarida mahalla yoshlari ham ishlamoqda. Aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun ham sharoitlar yaratilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0d/34895031_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e702c6b7d0097a3797e6e467ffc9127f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston shavkat mirziyoyev mahalla idora jangoh mahallasi
o‘zbekiston shavkat mirziyoyev mahalla idora jangoh mahallasi
Mirziyoyev O‘zbekistondagi qaysi idoralar vakolati mahalla darajasiga tushishini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi Jangoh mahallasida bo‘ldi va mutasaddilarga aholi ishonchini qozonish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekistonda moliya, soliq, bandlik kabi idoralarning kamida 30 foiz vakolatlari mahalla darajasiga tushiriladi. Bu haqda
Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi Jangoh mahallasida bo‘ldi. Davlat rahbari mahalla raisi va vakillari bilan suhbatlashdi.
Mahalla ayvonida odamlar bilan samimiy suhbat bo‘ldi.
“Xalqimizning o‘zi – adolatli hakam. Bugun yurtimizdagi har bir inson ijobiy o‘zgarishlarni sezapti. Endi bu ishlarni davom ettirib, moliya, soliq, bandlik kabi idoralarning kamida 30 foiz vakolatlarini mahalla darajasiga tushiramiz. Bu – insonlarning og‘irini yengil qiladigan, ularga sifatli xizmat ko‘rsatadigan xalqchil tizim bo‘ladi, – dedi prezident.
Mutasaddilar bilan suhbatda kommunal tarmoqlarni yangilab borish, aholi ishonchini qozonib, to‘lovlar barqarorligini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Davlat rahbari “Yangi Jangoh” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan ham tanishdi. U mahalladagi 52 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatadi. 24 nafar mutaxassis va maxsus texnikalar doim shay holatda. Hisob-kitoblarda billing tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Mening uyim” mobil ilovasi joriy etilgan.
Prezident shu mahalla yaqinida, Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi xiyobonda barpo etilgan istirohat yo‘lagini ham ko‘zdan kechirdi. Bu maskan aholi va xorijlik turistlar uchun yana bir diqqatga sazovor joyga aylanishi ta’kidlandi.
Jangoh mahallasida 6 ming 700 nafardan ziyod aholi yashaydi. O‘ndan ortiq maishiy xizmat va yuzdan ziyod savdo do‘konlarida mahalla yoshlari ham ishlamoqda. Aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun ham sharoitlar yaratilgan.