Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Milliy tiklanish nomzod ko‘rsatmadi — partiya kimni qo‘llab-quvvatlaydi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVibori prezidenta v Uzbekistane
Vibori prezidenta v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2023
Obuna bo‘lish
"Milliy tiklanish" partiyasi muddatidan ilgari prezidentlik saylovlarida boshqa partiya nomzodini ilgari surdi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. "Milliy tiklanish" partiyasi O‘zLiDeP bilan birgalikda Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
2023 yil 13-may kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi.
Plenum qatnashchilari milliy yuksalishni amalda ta’minlayotgan, millat va Vatanga sadoqati, xalqparvarligini isbot qilgan Shavkat Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlash lozim, degan xulosaga kelishdi.
"Plenumda muddatidan ilgari prezidentlik saylovlarida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini ilgari surish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Ekopartiya o‘z yetakchisi Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasi Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasi Robaxon Mahmudovani, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Shavkat Mirziyoyevni nomzod sifatida ko‘rsatishini ma’lum qilgan.
Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0