Vashington g‘azabda: Kiyev qarshi hujumni barbod qilmoqda

© AFP 2023 / Dimitar DilkoffUkrainskiy voyenniy na linii fronta, arxivnoe foto
Ukrainskiy voyenniy na linii fronta, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2023
Obuna bo‘lish
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken qanot ostidagi ukrainaliklarga qarshi hujum uchun kerak bo‘lgan hamma narsaga ega ekanligini ochiqchasiga ta’kidladi. Jang qilish vaqti keldi – yo‘qotilgan hududlarni qaytarib olish kerak.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Vashington va Kiyev ajralish arafasida turgan juftlikka o‘xshaydi: uyda janjal-to‘polon, idishlarni sindirishadi – ommada esa muhabbat na’munasini tasvirlashga harakat qilishadi. So‘nggi kunlarda esa ular juda murakkab vaziyatda.
Ukrainada bu fikrga qo‘shilishmadi. Xavfsizlik Kengashi kotibi Danilov falsafiy munozaralarga kirishdi – qarshi hujumning muvaffaqiyati nimada, nima g‘alaba-yu nima g‘alaba emas, tushunarsiz hammasi. Tashqi ishlar vaziri Kuleba ham xuddi shunday shikoyat qildi.
Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Zalujniy maydondan g‘oyib bo‘ldi. Yaqinda u NATO Harbiy qo‘mitasi yig‘ilishida nutq so‘zlagani chiqishi kerak edi lekin chiqmadi – hatto onlayn formatda ham. Aytishlaricha, u bir oyga yaqin vaqt davomida ommaga ko‘rinish bermagan. Unga nima qildi? Rossiya Aerokosmik kuchlarining yuqori aniqlikdagi zarbasi bilan o‘ldirilganmi? Ayollar kiyimida yashirincha polizlar orqali xorijiy hisoblariga yaqinroq borishga harakat qilmoqdami? Bunkerda Gitler kabi azob chekib o‘tiribdimi?
Ukraina sarsongarchiliklariga Zelenskiy yakun topdi. G‘arb OAV vakillarini yig‘ib, u, bir tomondan, qarshi hujumga hamma narsa tayyor, biroq boshqa tomondan, bu ukrainaliklar orasida katta qurbonliklarga olib kelishi mumkinligini aytdi. Shuning uchun u qarshi hujumni kechiktirishni zarur deb hisoblaydi.
Urushni bir lahzada yakunlashi mumkin bo‘lgan, lekin 315 ming fuqarosini o‘limga jo‘natgan odamda to‘satdan paydo bo‘lgan bu insonparvarlikning xissi hayratlanarlidir. Bu raqamlarni esa hozirgina Amerika yuqori qatlam vakili Robert Kennedi e’lon qildi.
Ikkinchi Jahon urushi davridagidek, banderovchilarning shafqatsizligi hatto ularning g‘arbiy xo‘jayinlarini ham hayratda qoldiradi. "U yerda (Ukrainada) biz resurslarimizni nixoyatda tez isrof qilmoqdamiz, o‘limlar soni esa dahshatli darajada", deya vahima qildi Amerika generali Bleyn Xolt.
Biroq, Zelenskiy hech qachon qurbonlar haqida qayg‘urmagan. Uning yagona muammosi shundaki, UQK uchun muqarrar ravishda qarshi hujumga aylanadigan qirg‘in butun dunyo ko‘zi oldida amalga oshiriladi. Baxti qaro yigitlar hech qanday sababsiz ommaviy ravishda halok bo‘lishadi – xuddi butun bahor davomida Dneprni kechib o‘tishdagi bema’ni urinishlarda vafot etganidek. Ularning qarindoshlari va yaqinlari barcha qurbonliklar hisobini Zelenskiy zimmasiga qo‘yishi aniq. Zelenskiyni qo‘rqinch bosmoqda.
Biroq, Ukrainaning amerikalik xo‘jayinlarida o‘zlarining hisob-kitoblari bor. Ularda respublikachilar, Kongressni qo‘lga olib, AQSh urush mashinasini 180 gradusga buradi. Ammo Xitoyga hujum qilishdan oldin amerikaliklar Yevropa harbiy harakatlar teatrida o‘z ishlarini tugatishlari kerak. Pul ishlab olish, natijani ko‘rsatish. O‘nlab milliard dollarlar bo‘yicha hisobot berish. OAVlar uchun tomosha ko‘rsatish: mana, ukrainlar qarshi hujumga o‘tmoqda, mana ularga yetkazib berilgan texnika – besh ming turdagi qurollar, chakkimas, to‘g‘rimi?
Agar qarshi hujum amalga oshmasa, asosiy savol yuzaga chiqadi: pul qani, Zin? Agar Amerika g‘aznasidan tushgan milliardlar shunchaki Ukrainaga yetib bormasdan demokratlar cho‘ntagiga ketgan bo‘lsachi? Shunda respublikachilar butun AQSh hukmron qatlamini sudma-sud sudraydi va 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida osongina g‘alaba qozonadi. Gap eng yuqori martabali amaldorlar, jumladan Bayden oilasi uchun qamoq jazolarining aniq muddatlari haqida bormoqda.
AQShning haqiqiy defolt yoqasida ekanligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi: respublikachilar soliqlarni oshirishdan bosh tortgan holda xarajatlarni qisqartirishni talab qilmoqdalar. Shuning uchun Entoni Blinken xavotirlanib, Zelenskiyni qarshi hujum borasida shoshiltirmoqda. Urush hamma narsani yopib ketadi, deyishadi-ku.
Bularning barchasini Kiyevda yaxshi tushunishadi, shuning uchun kuttirib bo‘lsa ham, tabiiyki, hujumga o‘tishadi. Bu odamxo‘rlarning strategiyasi juda oddiy. Minglab ukrainaliklarni o‘lib girdobiga tashlash, buni orqasidan yana bir necha milliard dollarni ishlab olish, ularni biznesga tikish va keyin butun dunyoga nola qilish: kam berdilar, ko‘proq beringlar.
Hozirda ular egalaridan imkon qadar ko‘proq kuchli qurollarni so‘rash uchun vaqtni cho‘zishmoqda. Ular, masalan, inglizlardan 560 kilometr masofaga uchadigan Storm Shadow raketalarini kutishmoqda. Jozep Borrell ularga million snarad yetkazib berishga va’da bergan.
Britaniya raketalari bilan Rossiya shaharlari, aeroportlari, Qrim va yangi hududlarga bir necha bor zarbalar berilsa – G‘arb OAV lari uchun mos ko‘rinish tayyor. Rossiya shaharlariga zarba berish esa Kiyev fashistlari va ularning amerikalik xo‘jayinlariga Ukraina mojarosini yanada qo‘zg‘atishi mumkinligini va qo‘zg‘atilishi kerakligini isbotlovchi barcha kerakli video ketma-ketlikni taqdim etadi.
Xullas, Zelenskiyning nolasiga aldanmaslik kerak. Qarshi hujum bekor qilinmaydi – bu urush uning alangasida qo‘llarini isitadiganlar uchun juda foydali. Ukrainani butunlay yo‘q bo‘lib ketmagunicha Rossiyaga qarshi qayrashadi va bu qirg‘inning vahshiyligi yanada kuchayadi.
Yangiliklar lentasi
0