Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev — biografiya

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal prezidenta Islamskogo banka razvitiya Muxammada bin Suleymana al-Djassira.
 Shavkat Mirziyoyev prinyal prezidenta Islamskogo banka razvitiya Muxammada bin Suleymana al-Djassira. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi muddatidan ilgari prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatishini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Miromonovich 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishladi.
1990 yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatdi.
1992 yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
1996-2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi.
1995-2003 yillarda Oliy Majlis deputati sifatida ham faoliyat olib bordi.
2003 yilda O‘zbekiston bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta – 2005, 2010, 2015-yillarda qayta tasdiqlandi.
2016 yil 8-sentabr kuni O‘zbekiston prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha uning zimmasiga yuklandi.
2016 yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovi yakunlari bo‘yicha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) nomzod qilib ko‘rsatilgan Mirziyoyev saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan prezident etib saylandi.
2016 yil 14-dekabrda rasman o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.
2021 yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,12 foiz ovozi ikkinchi muddatga qayta saylandi.
2021 yil 6-noyabr kuni rasman O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi.
Shavkat Mirziyoyev oilali, ikki qiz, bir o‘g‘li, olti nafar nabirasi bor. Rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva – mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi.
Mirziyoyev samarali mehnati va xalq farovonligini yuksaltirish ishiga ulkan hissa qo‘shgani uchun “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.
Shuningdek, u Qirg‘izistonning “Danaker” (2017 yil), Qozog‘istonning birinchi darajali “Do‘stlik” (2018 yil), Tojikistonning birinchi darajali “Zarrintoj” ordenlari (2021 yil) bilan mukofotlangan.
Bundan tashqari, “Turkiy dunyo tiklanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan (2020 yil).
Osiyo jurnalistlar uyushmasi (AJA) Shavkat Mirziyoyevni 2018-yilda “Siyosat” yo‘nalishida “Osiyoda yil odami” deb e’lon qildi.
Mirziyoyevga 2019-yilda Yaponiyaning Nagoya universiteti faxriy doktori unvoni berildi.
2022 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi.
Yangiliklar lentasi
0