Ruslan Nurudinov to‘rt karra Osiyo chempioni bo‘ldi

© NOK UzbekistanaRuslan Nurudinov
Ruslan Nurudinov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi qit’a birinchiligida -109 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Ruslan Nurudinov Janubiy Koreyada og‘ir atletika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida chempion bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov (-109 kg) dast ko‘tarish mashqida 177 kg bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Siltab ko‘tarishda jahon rekordi sohibiga bu safar oltin medal uchun 228 kg yetarli bo‘ldi.
Shu tariqa, Ruslan ikkikurash natijasiga ko‘ra 405 kg bilan eng yaqin ta’qibchisini 6 kiloga ortda qoldirib, bu vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun ekanligini yana bir isbotladi.
Qayd etish joizki, Ruslan Nurudinov 2012, 2013 va 2020-yillarda ham Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘lgandi.
Avvalroq og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida Rigina Adashbayeva kumush va bronza medallariga ega chiqqani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0