https://oz.sputniknews.uz/20230512/qurbon-hayitining-ehtimoliy-sanasi-malum-boldi-34872710.html
Qurbon hayitining ehtimoliy sanasi ma’lum bo‘ldi
Qurbon hayitining ehtimoliy sanasi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Bayramining aniq sanasi yangi oy chiqishiga qarab, O‘MI Ulamolar kengashi qaroriga asosan bayramdan 10 kun oldin rasman e’lon qilinadi.
2023-05-12T15:33+0500
2023-05-12T15:33+0500
2023-05-12T15:45+0500
qurbon hayiti
musulmonlar
o‘zbekiston musulmonlari idorasi
bayram
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0f/32914254_0:143:3073:1871_1920x0_80_0_0_89dd8fe87b3d651b3977219d60834045.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Qurbon hayitining ehtimoliy sanasi 28-iyun bo‘lishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi Sputnik muxbiriga ma’lum qildi. Ma’lumki, bayram sanasini belgilash va nishonlashda shariatda yangi oy chiqishiga qaraladi. Ramazon hayitidan 70 kunlar o‘tib, zulhijja oyining boshlanishida taxminan o‘ninchi sanalarga to‘g‘ri keladi.Nima uchun musulmonlar muhim sanalarni oy chiqishiga qarab belgilaydi?Musulmonlarning ommaviy qiladigan bunday ishlari behikmat emas, albatta. Bunday qilishning o‘ziga xos bir necha sabablari bor. Ulardan asosan uchtasini keltiramiz:1. Oy borliqdagi eng katta alomat sanaladi. Bunday katta alomatni ko‘rib ishlarimizni belgilab olishimizda musulmonlarda har bir narsa ochiq-oydin bo‘lishini, hech kim hech narsa o‘zgartira olmasligini ta’minlaydi.2. Oy har yili o‘n-o‘n ikki kun oldinga surilib keladi. Bu bilan har o‘ttiz uch yilda Ramazon ro‘zasi yilning hamma fasllarida, barcha vaqtida o‘tishi imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu esa turli sharoitda ro‘za tutishni ta’minlaydi.3. Oyni ko‘rib ro‘za tutish, uni ko‘rib ro‘zani tugatish barcha musulmonlarga bir xil hukm bo‘lib, bu ularning birdamlik, ittifoqlik ramzidir.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0f/32914254_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_077e0e454942d8e4ba4c8d8408b94f9a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qurbon hayiti hayit 2023 bayram aniq sana yangi oy o‘mi ulamolar kengashi rasman e’lon kurbon xayit kachon qurbon hayiti 2023 qachon haqida malumot
qurbon hayiti hayit 2023 bayram aniq sana yangi oy o‘mi ulamolar kengashi rasman e’lon kurbon xayit kachon qurbon hayiti 2023 qachon haqida malumot
Qurbon hayitining ehtimoliy sanasi ma’lum bo‘ldi
15:33 12.05.2023 (yangilandi: 15:45 12.05.2023) Eksklyuziv
Bayramining aniq sanasi yangi oy chiqishiga qarab, O‘MI Ulamolar kengashi qaroriga asosan bayramdan 10 kun oldin rasman e’lon qilinadi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Qurbon hayitining ehtimoliy sanasi 28-iyun bo‘lishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, Qurbon hayiti bayramining aniq sanasi yangi oy chiqishiga qarab, O‘MI Ulamolar kengashi qaroriga asosan bayramdan 10 kun oldin rasman e’lon qilinadi. Bu taxminan iyun oyining oxirgi kunlariga to‘g‘ri keladi. Ehtimoliy sana 28-iyun bo‘lishi mumkin.
Ma’lumki, bayram sanasini belgilash va nishonlashda shariatda yangi oy chiqishiga qaraladi. Ramazon hayitidan 70 kunlar o‘tib, zulhijja oyining boshlanishida taxminan o‘ninchi sanalarga to‘g‘ri keladi.
Nima uchun musulmonlar muhim sanalarni oy chiqishiga qarab belgilaydi?
Musulmonlarning ommaviy qiladigan bunday ishlari behikmat emas, albatta. Bunday qilishning o‘ziga xos bir necha sabablari bor. Ulardan asosan uchtasini keltiramiz:
1. Oy borliqdagi eng katta alomat sanaladi. Bunday katta alomatni ko‘rib ishlarimizni belgilab olishimizda musulmonlarda har bir narsa ochiq-oydin bo‘lishini, hech kim hech narsa o‘zgartira olmasligini ta’minlaydi.
2. Oy har yili o‘n-o‘n ikki kun oldinga surilib keladi. Bu bilan har o‘ttiz uch yilda Ramazon ro‘zasi yilning hamma fasllarida, barcha vaqtida o‘tishi imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu esa turli sharoitda ro‘za tutishni ta’minlaydi.
3. Oyni ko‘rib ro‘za tutish, uni ko‘rib ro‘zani tugatish barcha musulmonlarga bir xil hukm bo‘lib, bu ularning birdamlik, ittifoqlik ramzidir.