Qirg‘iziston va O‘zbekiston avtomobil yig‘ish va ishlab chiqarish zavodini qurishni boshladi
09:35 12.05.2023 (yangilandi: 13:02 12.05.2023)
© FOTO press-slujba kabineta ministrov KR / Ergesh JusubaliyevStart stroitelstva zavoda po sborke i proizvodstvu legkovix avtomobiley i kommercheskoy texniki
© FOTO press-slujba kabineta ministrov KR / Ergesh Jusubaliyev
Obuna bo‘lish
Chuy viloyatining Oq-suv qishlog‘ida “Altin Tulpar Unaa Kurulush” avtomobil va yengil avtomobillarini yig‘ish va ishlab chiqarish zavodi qurilish maydonchasiga kapsula joylashtirildi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Qirg‘iziston va O‘zbekiston avtomobil yig‘ish va ishlab chiqarish zavodini qurishni boshladi, deya xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.
Chuy viloyatining Oq-suv qishlog‘ida “Altin Tulpar Unaa Kurulush” avtomobil va yengil avtomobillarini yig‘ish va ishlab chiqarish zavodi qurilish maydonchasiga kapsula joylashtirildi.
© FOTO press-slujba kabineta ministrov KR / Ergesh JusubaliyevStart stroitelstva zavoda po sborke i proizvodstvu legkovix avtomobiley i kommercheskoy texniki
Start stroitelstva zavoda po sborke i proizvodstvu legkovix avtomobiley i kommercheskoy texniki
© FOTO press-slujba kabineta ministrov KR / Ergesh Jusubaliyev
Kapsulani joylashtirish marosimida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov ishtirok etdi.
“Ikki respublika o‘rtasidagi do‘stlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Buning isboti - zavod qurilishi uchun kapsulaning joylashtirilishi. Bu ikki davlat uchun strategik muhim loyihadir”, - deya qayd etdi Japarov.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming dona avtomobilni tashkil etadi, 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.
© FOTO press-slujba kabineta ministrov KR / Ergesh JusubaliyevStart stroitelstva zavoda po sborke i proizvodstvu legkovix avtomobiley i kommercheskoy texniki
Start stroitelstva zavoda po sborke i proizvodstvu legkovix avtomobiley i kommercheskoy texniki
© FOTO press-slujba kabineta ministrov KR / Ergesh Jusubaliyev
Qirg‘izistonda zavod qurish bo‘yicha kelishuvga O‘zbekiston prezidentining yil boshidagi rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan.