https://oz.sputniknews.uz/20230512/peskov-garb-aholisi-34872680.html
Peskov: G‘arb aholisi ular o‘z yetakchilari xatolari uchun badal to‘layotganlarini bilishlari shart
Peskov: G‘arb aholisi ular o‘z yetakchilari xatolari uchun badal to‘layotganlarini bilishlari shart
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb mamlakatlari aholisi ular o‘z yetakchilarining noto‘g‘ri, xato va samarasiz siyosati uchun badal to‘layotganlarini bilishlari kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
2023-05-12T16:19+0500
2023-05-12T16:19+0500
2023-05-12T16:19+0500
rossiya
dmitriy peskov
g‘arb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1c/31111073_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_3b6fd83f43c1809aaa91757ba7656d40.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. G‘arb mamlakatlari aholisi ular o‘z yetakchilarining noto‘g‘ri, xato va samarasiz siyosati uchun badal to‘layotganlarini bilishlari kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.“Tobora ko‘proq tahlilchilar kollektiv G‘arb siyosatining samaradorligi mavzusida, kiritilgan sanksiyalar (Rossiyaga qarshi) samaradorligi mavzusida fikr yuritishga urinishmoqda”, - dedi Kreml vakili.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yomonga qaraganda yaxshiroq.Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlari oshdi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirish.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1c/31111073_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f3c7829d5fbc0bb28e33ab1ab0e900e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya g‘arb sanksiyalar dmitriy peskov
rossiya g‘arb sanksiyalar dmitriy peskov
Peskov: G‘arb aholisi ular o‘z yetakchilari xatolari uchun badal to‘layotganlarini bilishlari shart
Rossiya rahbari matbuot kotibi tobora ko‘proq tahlilchilar G‘arb siyosatining samaradorligini muhokama qilayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. G‘arb mamlakatlari aholisi ular o‘z yetakchilarining noto‘g‘ri, xato va samarasiz siyosati uchun badal to‘layotganlarini bilishlari kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya
yozadi RIA Novosti.
“Tobora ko‘proq tahlilchilar kollektiv G‘arb siyosatining samaradorligi mavzusida, kiritilgan sanksiyalar (Rossiyaga qarshi) samaradorligi mavzusida fikr yuritishga urinishmoqda”, - dedi Kreml vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yomonga qaraganda yaxshiroq.
“Biz G‘arb mamlakatlaridagi kishilar ularning o‘z rahbarlarining xato, noto‘g‘ri va samarasiz siyosati uchun badal to‘lashlariga to‘g‘ri kelayotganini bilishlarini istardik”, - dedi Peskov.
Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlari oshdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirish.