https://oz.sputniknews.uz/20230512/pedagoglar-50-foiz-ustama-34867927.html
Yuqori natijalarga erishgan pedagoglarga 50 foizgacha ustama to‘lanishi kutilmoqda
Yuqori natijalarga erishgan pedagoglarga 50 foizgacha ustama to‘lanishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ushbu hujjat professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning lavozim maoshlarini o‘rtacha 20 foizga oshirishga, fidoyi, tashabbuskor hamda yuqori natijalarga erishgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik 50 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etilishiga xizmat qiladi
2023-05-12T13:21+0500
2023-05-12T13:21+0500
2023-05-12T13:21+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘qituvchilar
ustama
oliy majlis qonunchilik palatasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_84f0b0011377625ef827a30567652ff1.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonda yuqori natijalarga erishgan pedagoglarga 50 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etiladi.Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida 2023-yil birinchi choragi yakunlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitildi.Quyi palata xabariga ko‘ra, professional ta’lim sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tizimini joriy etish maqsadida prezidentning “Professional ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan.“Ushbu hujjat professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning lavozim maoshlarini o‘rtacha 20 foizga oshirishga, fidoyi, tashabbuskor hamda yuqori natijalarga erishgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik 50 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etilishiga xizmat qiladi”, - deyilgan xabarda.Yig‘ilishda deputatlar Vazirlar Mahkamasining hisobotini ma’qulladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_272:0:2845:1930_1920x0_80_0_0_934443caf29ff77a03e3a3ab5e59f640.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
pedagoglar ustama o‘zbekiston qonun ma’lumot
pedagoglar ustama o‘zbekiston qonun ma’lumot
Yuqori natijalarga erishgan pedagoglarga 50 foizgacha ustama to‘lanishi kutilmoqda
Professional ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonda yuqori natijalarga erishgan pedagoglarga 50 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida 2023-yil birinchi choragi yakunlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitildi.
Quyi palata
xabariga ko‘ra, professional ta’lim sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tizimini joriy etish maqsadida prezidentning “Professional ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan.
“Ushbu hujjat professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning lavozim maoshlarini o‘rtacha 20 foizga oshirishga, fidoyi, tashabbuskor hamda yuqori natijalarga erishgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik 50 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etilishiga xizmat qiladi”, - deyilgan xabarda.
Yig‘ilishda deputatlar Vazirlar Mahkamasining hisobotini ma’qulladi.