https://oz.sputniknews.uz/20230512/ozlidep-shavkat-mirziyoev-prezidentlikka-nomzod-34890023.html
O‘zLiDeP Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatadi
O‘zLiDeP Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Siyosiy kengashi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatish masalasini navbatdagi partiya syezdi muhokamasiga kiritilishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.
2023-05-12T22:07+0500
2023-05-12T22:07+0500
2023-05-12T22:25+0500
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
siyosat
shavkat mirziyoyev
saylovlar
o‘zbekiston
o‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (o‘zlidep)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/03/31985608_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_20abbbb0d54a8aa6a3d5446f86ed2bfc.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Siyosiy kengashi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatish masalasini navbatdagi partiya syezdi muhokamasiga kiritilishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.Majlisda so‘nggi yillar davomida amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilganligiga alohida urg‘u berilgan. Mamlakatda erishilayotgan yutuqlar nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuksak darajada e’tirof etilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi.Hozirga qadar "Milliy tiklanish" partiyasidan tashqari barcha partiyalar bo‘lajak prezident saylovida ishtirok etadigan nomzodlarini ma’lum qilishdi. Ekopartiya o‘z yetakchisi Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasi Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasi Robaxon Mahmudovani nomzod sifatida ko‘rsatishini ma’lum qilgan.Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/03/31985608_70:0:1206:852_1920x0_80_0_0_108e89d44868ce37cde561d5adb556f3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zlidep shavkat mirziyoyev prezidentlikka nomzod o‘zbekiston prezident saylovi 2023
o‘zlidep shavkat mirziyoyev prezidentlikka nomzod o‘zbekiston prezident saylovi 2023
O‘zLiDeP Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatadi
22:07 12.05.2023 (yangilandi: 22:25 12.05.2023) O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi muddatidan ilgari prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) Siyosiy kengashi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatish masalasini navbatdagi partiya syezdi muhokamasiga kiritilishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda partiya matbuot xizmati
xabar berdi. Majlisda so‘nggi yillar davomida amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilganligiga alohida urg‘u berilgan. Mamlakatda erishilayotgan yutuqlar nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuksak darajada e’tirof etilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi.
"Mamlakat kelajagi, shiddatli kechayotgan davr talabi O‘zLiDeP zimmasiga bo‘lajak Prezidentlik saylovida ushbu islohotlar yo‘lidan bundan keyin ham qat’iyat va sobitqadamlik bilan borishni ta’minlay oladigan, jamiyatni isloh qilishdek mashaqqatli vazifani yangicha, o‘ziga xos bosqichda davom ettirishga qodir shaxsni nomzod etib ko‘rsatish lozimligi ta’kidlandi", - deyilgan xabarda.
Hozirga qadar "Milliy tiklanish" partiyasidan tashqari barcha partiyalar bo‘lajak prezident saylovida ishtirok etadigan nomzodlarini ma’lum qilishdi.
Ekopartiya o‘z yetakchisi
Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasi
Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasi
Robaxon Mahmudovani nomzod sifatida ko‘rsatishini ma’lum qilgan.
Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni
bo‘lib o‘tadi.