https://oz.sputniknews.uz/20230512/ozbekiston-prezident-tojikiston-bosh-vazir-34873188.html
O‘zbekiston prezidenti Tojikiston bosh vazirini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
O‘zbekiston prezidenti Tojikiston bosh vazirini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Qohir Rasulzoda O‘zbekiston-Tojikiston o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
2023-05-12T15:32+0500
2023-05-12T15:32+0500
2023-05-12T15:33+0500
siyosat
o‘zbekiston
tojikiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0c/34873285_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1cc4009c49b644c99fed9d29bad63327.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.Uchrashuvda O‘zbekiston-Tojikiston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Shuningdek, bugun Toshkentda ikki mamlakat bosh vazirlari raisligida o‘tkazilgan qo‘shma Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi qarorlarini amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0c/34873285_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_66c5fa44ac7906ce6fbf8ad7cf2c832f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tojikiston shavkat mirziyoyev qohir rasulzoda
o‘zbekiston tojikiston shavkat mirziyoyev qohir rasulzoda
O‘zbekiston prezidenti Tojikiston bosh vazirini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar
15:32 12.05.2023 (yangilandi: 15:33 12.05.2023) Shavkat Mirziyoyev va Qohir Rasulzoda O‘zbekiston-Tojikiston o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodani
qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Tojikiston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
“O‘zaro savdo va yuk tashish hajmi ortmoqda, muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari ko‘paymoqda. Yaqin hududlararo aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, madaniy-gumanitar almashinuvlar faol amalga oshirilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, bugun Toshkentda ikki mamlakat bosh vazirlari raisligida o‘tkazilgan qo‘shma Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi qarorlarini amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.