Lazizjon Mullojonov pobedil kolumbiysa Marlo Xartado v pervom boyu ChM. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023
Toshkentda 30-aprel - 14-may kunlari ilk bor Boks bo‘yicha erkaklar orasida Jahon Chempionati bo‘lib o‘tadi.

Boks bo‘yicha JCh: Oybek Jo‘rayev yarim finalda raqibi ustidan g‘alaba qozondi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitetOybek Jurayev
Oybek Jurayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2023
Obuna bo‘lish
Jo‘rayev yarim finalda rossiyalik Dmitri Divaliga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:2 hisobida g‘alabaga erishdi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi vakili Oybek Jo‘rayev Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida navbatdagi g‘alabani tantana qildi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Jo‘rayev JCh yarim finalida rossiyalik Dmitri Divaliga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Jo‘rayev -54 kg vazn toifasida ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
+92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolovga qarshi jang qilishi ko‘zda tutilgan ispaniyalik Ayub Gadfa Drissi ringga chiqmasligi sababli Jalolov final bellashuvlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi.
Yangiliklar lentasi
0