https://oz.sputniknews.uz/20230512/boks-boyicha-jch-ruslan-abdullaev-va-saidjamshid-jafarov-34889102.html
Boks bo‘yicha JCh: Ruslan Abdullayev va Saidjamshid Jafarov ham finalda
Boks bo‘yicha JCh: Ruslan Abdullayev va Saidjamshid Jafarov ham finalda
Sputnik O‘zbekiston
Jami yetti nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionatining finaliga chiqdi. 12.05.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-05-12T20:01+0500
2023-05-12T20:01+0500
2023-05-12T20:01+0500
boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023
sport
boks
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0a/34825348_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f81f36f213bfb3d81010f9d2e3733e09.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Ruslan Abdullayev va Saidjamshid Jafarov Toshkent mezbonligida o‘tayotgan erkaklar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatining finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.Abdullayev (-63,5 kg) JCh yarim finalida armanistonlik tajribali Xovanes Bachkovga qarshi jang o‘tkazdi va 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi. O‘zbekistonlik bokschi jang mobaynida raqibini nokdaun holatiga ham tushirishga ulgurdi.Jafarov (-71 kg) yarim finalda braziliyalik Vanderson De-Oliveyraga qarshi ringga ko‘tarildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bahodir Jalolov, Oybek Jo‘rayev, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Hasanboy Do‘smatov va Abdumalik Xalokov jahon chempionatining finaliga yo‘l olgani xabar qilingan edi. Shu tariqa 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempioni unvoni uchun kurash olib boradi. Final janglari 14-may kuni bo‘lib o‘tadi.A’loxon Abdullayev va Lazizbek Mullojonov esa dunyo birinchiligining bronza medali bilan kifoyalanishdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0a/34825348_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_cf626348a02fc492c9f00020f5076155.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, boks
Boks bo‘yicha JCh: Ruslan Abdullayev va Saidjamshid Jafarov ham finalda
Jami yetti nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionatining finaliga chiqdi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Ruslan Abdullayev va Saidjamshid Jafarov Toshkent mezbonligida o‘tayotgan erkaklar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatining finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Abdullayev (-63,5 kg) JCh yarim finalida armanistonlik tajribali Xovanes Bachkovga qarshi jang o‘tkazdi va 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi. O‘zbekistonlik bokschi jang mobaynida raqibini nokdaun holatiga ham tushirishga ulgurdi.
Jafarov (-71 kg) yarim finalda braziliyalik Vanderson De-Oliveyraga qarshi ringga ko‘tarildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq
Bahodir Jalolov,
Oybek Jo‘rayev,
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev,
Hasanboy Do‘smatov va
Abdumalik Xalokov jahon chempionatining finaliga yo‘l olgani xabar qilingan edi. Shu tariqa 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempioni unvoni uchun kurash olib boradi. Final janglari 14-may kuni bo‘lib o‘tadi.
A’loxon Abdullayev va
Lazizbek Mullojonov esa dunyo birinchiligining bronza medali bilan kifoyalanishdi.