Lazizjon Mullojonov pobedil kolumbiysa Marlo Xartado v pervom boyu ChM. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023
Toshkentda 30-aprel - 14-may kunlari ilk bor Boks bo‘yicha erkaklar orasida Jahon Chempionati bo‘lib o‘tadi.

Boks bo‘yicha JCh: Do‘smatov va Xalokov finalga yo‘l oldi, Mullojonov “bronza” sohibi

© NOK UzbekistanaAbdumalik Xalokov
Abdumalik Xalokov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2023
Obuna bo‘lish
Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov va Serbiyada o‘tgan jahon chempionati finalchisi Abdumalik Xalokov JCh finalida.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Hasanboy Do‘smatov va Abdumalik Xalokov Toshkent mezbonligida o‘tayotgan erkaklar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatining finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) yarim final jangida ispaniyalik Martin Molinadan ustun keldi. Shu tariqa u faoliyatida ikkinchi bor jahon chempionatining final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Serbiyada o‘tgan jahon chempionati finalchisi Abdumalik Xalokov (-57 kg) yarim finalda qirg‘izistonlik Munarbek Seitbek uuluga qarshi jang qildi va 1-raunddayoq raqibidan ustun keldi.
Lazizbek Mullojonov esa (-92 kg) final ostonasida rossiyalik Muslim Gadjimagomedovga imkoniyatni boy berdi va dunyo birinchiligining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bahodir Jalolov, Oybek Jo‘rayev va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev jahon chempionatining finaliga yo‘l olgani, A’loxon Abdullayev esa bronza medali bilan kifoyalangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0