Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Abdushukur Xamzayev — biografiya

© Ekologicheskaya partiya UzbekistanaXamzayev Abdushukur
Xamzayev Abdushukur  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti sayloviga Ekologik partiya nomzodi Abdushukur Hamzayevning tarjima holi.
Abdushukur Xudoykulovich Hamzayev 1973-yil 10-dekabrda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.
Oliy ma’lumotli, 1995-yili Samarqand qishloq xo‘jalik institutini, 2013-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasini tamomlagan. Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Mehnat faoliyati:
Mehnat faoliyatini Uzun tumanidagi “Namuna” jamoa xo‘jaligida bo‘lim agronomligidan boshlagan.
1996-1999 yillarda Samarqand qishloq xo‘jalik instituti aspiranturasini muvaffaqiyatli tamomlagan.
1999-2017 yillar davomida Samarqand qishloq xo‘jalik institutida assistent, katta o‘qituvchi, o‘quv ishlar bo‘yicha dekan muovini, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan.
2017-2022 yillarda O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
2022 yildan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Hamzayevning bugungi kungacha 280 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. Shuningdek, u 20 ga yaqin qishloq xo‘jalik ekin navlari va 16 ta ixtiro muallifi hisoblanadi.
Hamzayev qishloq, o‘rmon va ekologiya sohasida halqaro tajribalarga ega bo‘lib, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Turkiya, Germaniya, Bolgariya, Rossiya kabi davlatlarda malaka oshirgan. Uning tashabbusi bilan bugungi kunda sohaga oid 10 dan ziyod xorijiy o‘quv va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan.
Hamzayev oilali, uch nafar farzandi bor.
Yangiliklar lentasi
0