Tramp Ukrainaga qurol yetkazib berilishini tanqid qildi

© AFP 2023 / Mandel NganBivshiy prezident SShA Donald Tramp vo vremya vistupleniya v Vashingtone
Bivshiy prezident SShA Donald Tramp vo vremya vistupleniya v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2023
Obuna bo‘lish
Tramp: AQSh Ukrainaga o‘ziga kerak bo‘lgan juda ko‘p qurollarni berapti.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga o‘zlariga kerak bo‘lgan juda ko‘p qurol va o‘q-dorilarni yetkazib berdi. Bu haqda AQShning sobiq rahbari Donald Tramp ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

"Biz juda ko‘p uskunalar berdik, hozir o‘zimizga o‘q-dorilar yo‘q ... Biz juda ko‘p bermoqdamiz", - dedi u CNN telekanali jonli efirida saylovchilar bilan uchrashuvda.

Kiyevning g‘alaba qozonishini xohlaysizmi, degan savolga Tramp g‘oliblar va mag‘lublar toifalarida o‘ylamasligini aytdi.

“Men hamma – ruslar va ukrainlar o‘lishni bas qilishlarini istayman", - dedi u.

Shu bilan birga, Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ro‘y berayotgan voqealardagi o‘rni haqida gapirmadi va hozir bunday muhokama Ukrainadagi vaziyatni tartibga solishni murakkablashtirishi mumkinligini aytdi.
U, shuningdek, agar qayta saylansa, 24 soat ichida mojaroni hal qilishini ta’kidladi.
Moskva o‘tgan yili Kiyev rasmiylariga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun harbiy texnika o‘rnatilgan har qanday yuk Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va alyans mojaroda bevosita ishtirok etmoqda - nafaqat qurollarni uzatish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash.
Yangiliklar lentasi
0