Toshkentda harakatlanayotgan “Damas” yonib ketdi

© Sputnik / Irina KalashnikovGorashiy avtomobil. Illyustrativnoe foto
Gorashiy avtomobil. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2023
Obuna bo‘lish
Bunyodkor shohko‘chasida harakatlanayotgan “Damas”da yong‘in sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Toshkent shahrida harakatlanayotgan “Damas” rusumli mashinada yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 11-may kuni, soat 13:23 da Bunyodkor shohko‘chasida ro‘y bergan. Ikkita yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:34 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:37 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0