“Shaxmat stipendiyasi” ta’sis etiladi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishTurnir po bistrim shaxmatam
Turnir po bistrim shaxmatam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2023
Obuna bo‘lish
Qator musobaqalar g‘oliblariga yil davomida har oyda BHMning besh baravari miqdorida pul beriladi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan “Shaxmat stipendiyasi” ta’sis etiladi. Bu prezident 8-may kuni imzolagan tegishli qarorda belgilangan.
Qaror bilan 2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Bunda quyidagilar rejalashtirilmoqda:
“Shaxmat bog‘chadan boshlanadi” maxsus dasturini amalga oshirish, har yili maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Shaxmat festivali” musobaqalarini o‘tkazib borish;
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi” “Professional ta’lim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” shaxmat musobaqalarini har yili uch bosqichda tizimli o‘tkazish.
Ushbu musobaqalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar va talabalar yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida “Shaxmat stipendiyasi” bilan rag‘batlantiriladi.

2026 yil O‘zbekistonda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Unga Samarqand shahri mezbonlik qiladi.
Yangiliklar lentasi
0