SamDU Ozarbayjon universiteti bilan hamkorlik qiladi

© Sputnik / Murad OrujovBaxrom Ashrafxanov
Baxrom Ashrafxanov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2023
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon davlat neft sanoat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor o‘rinbosari Ulviya Abbosova boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Samarqand davlat universiteti Ozarbayjon davlat neft sanoat universiteti bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ozarbayjon davlat neft sanoat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor o‘rinbosari Ulviya Abbosova boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, Erasmus dasturi doirasida Teaching mobility, Staff mobility loyihalarini birgalikda amalga oshirishni muhokama qilish edi.
Mehmonlar SamDU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor Akmal Axatov bilan uchrashuv o‘tkazib, ta’lim sohasiga oid ko‘plab grand loyihalar ustida ish olib borish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratdi.
Muloqot chog‘ida axborot texnologiyalari, geologiya, kimyo-texnologiya, mexanika, iqtisod yo‘nalishlarida faol hamkorlik qilishga kelishib olindi. Shuningdek, professor-o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida akademik almashinuv masalalari ko‘rib chiqildi.
SamDUga geologiya va mexanika sohalari bo‘yicha Ozarbayjon davlat neft sanoat universiteti yetakchi mutaxassislarini jalb etish borasida so‘z yuritildi. SamDUga o‘qituvchilarini Ozarbayjon davlat neft sanoat universitetining Ozarbayjon – Fransiya instituti tajribasini o‘rganish uchun Bokuga qisqa muddatli “stajirovka”ga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Muzokaralar davomida kelajakda tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash, xalqaro QS, THE reytinglarida bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi istiqbolli fikrlar ilgari surildi.
Yangiliklar lentasi
0