Korxonalarga quyosh panellari uchun kredit to‘lovlarining 4 foizi qoplab beriladi

© Pixabay.com/ dimitrisvetsikas1969Panel solnechnix batarey
Panel solnechnix batarey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2023
Obuna bo‘lish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil" kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy etadi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekistonda “Quyoshli xonadon” dasturi qamrovi oshiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda energiya ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi vazifalarni belgilab berdi.
Mamlakatda aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kilovatti uchun 1 ming so‘mdan to‘lanishi e’lon qilingan. Ular "Quyoshli xonadon" tizimiga ulanib, tegishli to‘lovlarni olishlari mumkin.
Prezident bu dastur qamrovini oshirish va yanada keng joriy qilish bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab berdi.
Jumladan:
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit to‘lovlarining 4 foizi qoplab beriladi;
xalqaro moliya tashkilotlaridan 100 million dollar jalb qilinib, so‘mda, maqbul shartlarda aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi. Aholiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil" kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.
Shuningdek, "yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy qilinadi. 1-iyuldan boshlab gidroelektr stansiyalariga “yashil” sertifikat beriladi. Ushbu tizim 1-oktabrdan boshlab barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun joriy qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0