OAV: Pokistondagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar soni o‘n kishiga yetdi

© AP Photo / W.K. YousufzaiStolknovenie politsii so aktivistami partii Tehreek-e-Insaf, protestuyushimi protiv aresta bivshego premyera Pakistana Imrana Xana
Stolknovenie politsii so aktivistami partii Tehreek-e-Insaf, protestuyushimi protiv aresta bivshego premyera Pakistana Imrana Xana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2023
Obuna bo‘lish
Pokistonda sobiq bosh vazir Imron Xon hibsga olinishidan keyin norozilik namoyishlari boshlanib ketdi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Pokistonda norozilik namoyishchilarining politsiya bilan to‘qnashuvlari oqibatida halok bo‘lganlar soni o‘n kishiga yetdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.
“Pokistonda sobiq bosh vazir Imron Xon hibsga olinishidan keyin norozilik namoyishchilari va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi va 1750 nafardan ziyod kishi yarador bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Pokiston shaharlarida norozilik namoyishlari 9-may kuni sobiq bosh vazir va “Adolat uchun harakat” (“Tehriki Insaf”) partiyasi yetakchisi Imron Xonning “Al-Qodir” ishi bo‘yicha hibsga olinishidan keyin boshlanib ketdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq bosh vazir rafiqasi va partiyasi yetakchilari bilan “Al-Qodir universiteti” uchun trast tashkil etishgan va o‘z xatti-harakatlari bilan davlat budjetiga 50 milliard rupiylik zarar yetkazishgan.
Yangiliklar lentasi
0