O‘zbekistonda milliy qadriyatlar ro‘yxatini tuzish taklif qilinmoqda

© AFP 2023 / LUIS ROBAYOFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2023
Obuna bo‘lish
Ota-onaga ehtirom, tozalik, o‘zbek tili, mehmondo‘stlik, diniy bag‘rikenglik va boshqalarni milliy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritish taklif qilinmoqda.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) milliy qadriyatlarning jamiyat hayoti va mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyatini tahlil qildi va O‘zbekistonda "muhim milliy qadriyatlar" ro‘yxatini shakllantirish taklifi bilan chiqdi.
MHTIning fikricha, quyidagilarni milliy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritish mumkin:
1.
ota-onaga ehtirom;
2.
tozalik;
3.
harakatda baraka;
4.
o‘zbek tili;
5.
diniy bag‘rikenglik;
6.
so‘z erkinligi;
7.
lafz (qonun, burch va kelishuvga sadoqat);
8.
yelkadoshlik;
9.
mehmondo‘stlik;
10.
rozi-rizolik.
Qayd etilishicha, bunday ro‘yxatni tuzish jahon tajribasida bor. MHTI qator davlatlar, jumladan, Rossiyani misol qilib keltirgan.
Rossiya Federatsiyasida 2025-yilgacha bo‘lgan davrda tarbiyani rivojlantirish strategiyasida insonparvarlik, adolatlilik, or-nomus, iroda, shaxsiy qadr-qimmat, e’tiqod va ezgulik, o‘zi, oilasi hamda Vatani oldidagi ma’naviy burchini bajarishga intilish rossiyaliklarning qadriyatlari sifatida belgilangan.
“Jamiyatdagi tinchlik, barqarorlik, taraqqiyot va farovonlik bevosita qadriyatlar bilan bog‘liq. Qadriyatlarni belgilash va targ‘ib qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni ham shu bilan izohlash mumkin”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, qadriyat xalq uchun qadrli bo‘lgan urf-odat va an’analar, hayotiy prinsiplar. O‘z navbatida qadriyatlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘linadi, ya’ni milliat, xalq uchun xos bo‘lgan qadriyatlar milliy qadriyatlar, butun bashariyat uchun xos bo‘lgan qadriyatlar esa umuminsoniy qadriyatlar hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0