Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ekopartiya prezidentlikka nomzodini e’lon qildi

© Ekologicheskaya partiya UzbekistanaAbdushukur Xamzayev
Abdushukur Xamzayev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘zbekiston prezidenti lavozimiga nomzod etib Hamzayev Abdushukur Xudoykulovichni ko‘rsatmoqchi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Ekopartiya prezidentlikka nomzodini e’lon qildi. Bu haqda Ekologik partiya Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumida ma’lum qilindi.
Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tdi.
Unda partiya syezdini chaqirish va syezd kun tartibi hamda syezdga delegatlar saylash masalasida hududiy partiya tashkilotlari konferensiyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

"Plenumda O‘zbekiston Ekologik partiyasining bo‘lajak syezdida O‘zbekiston prezidenti lavozimiga nomzod etib partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Hamzayev Abdushukur Xudoykulovichni ko‘rsatish bo‘yicha qaror qabul qilindi", - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Hamzayev 1973-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Samarqand qishloq xo‘jalik institutini hamda Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Uzun tumanidagi “Namuna” jamoa xo‘jaligida bo‘lim agronomligidan boshlagan.
1996-1999 yillarda Samarqand qishloq xo‘jalik instituti aspiranturasini muvaffaqiyatli tamomlagan. 1999-2017 yillar davomida Samarqand qishloq xo‘jalik institutida assistent, katta o‘qituvchi, o‘quv ishlar bo‘yicha dekan muovini, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan.
2017-2022 yillarda O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2022-yildan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda 5 ta siyosiy partiya, xususan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP), O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston ekologik partiyasi bor.
Yangiliklar lentasi
0