D-20 gaubitsasi va “Strela-10” zenit-raketa tizimi UQKga birgalikda zarba berapti - video

Obuna bo‘lish
Rossiya armiyasi maxsus operatsiya hududida dushmanga zarba berishda D-20 gaubitsasi va “Strela-10” zenit-raketa tizimidan birgalikda foydalandi.
Rossiya harbiylari maxsus operatsiya hududida Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalariga zarba berishda davom etishmoqda. Bunda ular D-20 gaubitsasi va “Strela-10” zenit-raketa tizimini birgalikda qo‘llashmoqda.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0