https://oz.sputniknews.uz/20230510/shht-tashkilot-34819706.html
ShHT bosh kotibi tashkilot kengayishini tabiiy va qonuniy jarayon deb atadi
ShHT bosh kotibi tashkilot kengayishini tabiiy va qonuniy jarayon deb atadi
Sputnik O‘zbekiston
ShHT tashkiloti bosh kotibi Chjan Min: tashkilotning kengayishi unga a’zo davlatlar tomonidan atayin ko‘zlangan maqsad emas, balki tabiiy jarayon.
2023-05-10T18:45+0500
2023-05-10T18:45+0500
2023-05-10T18:45+0500
dunyoda
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
o‘zbekiston
chjan min
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28260406_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_7eb6df2e1b96d1d4222417bd17c6f5af.jpg
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT) kengayishi unga a’zo davlatlarning maqsadi emas, bu tabiiy jarayon. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Chjan Min ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.Chjan Ming qayd etishicha, hozir tashkilotga sakkiz nafar a’zo – Rossiya, Hindiston, Xitoy, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. Yana to‘rt davlat – Eron, Belarus, Mo‘g‘uliston, Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega.Shu bilan birga, bosh kotibning aytishicha, Eron va Belarus ShHTga a’zo bo‘lish jarayonini davom ettirmoqda.Bosh kotib, shuningdek, Bahraynga ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini berish tartib-qoidalari allaqachon yakunlanganini, memorandumni imzolash vaqtini kelishib olish qolganini aytdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28260406_43:0:1180:853_1920x0_80_0_0_d35333723ca30492e4b835ab3a537451.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shht o‘zbekiston chjan min
shht o‘zbekiston chjan min
ShHT bosh kotibi tashkilot kengayishini tabiiy va qonuniy jarayon deb atadi
ShHT tashkiloti bosh kotibi Chjan Min: tashkilotning kengayishi unga a’zo davlatlar tomonidan atayin ko‘zlangan maqsad emas, balki tabiiy jarayon.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT) kengayishi unga a’zo davlatlarning maqsadi emas, bu tabiiy jarayon. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Chjan Min ma’lum qildi, deya xabar berdi
RIA Novosti. “Tashkilotning kengayishi unga a’zo davlatlar tomonidan atayin ko‘zlangan maqsad emas, balki tabiiy jarayon”, — dedi u ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Chjan Ming qayd etishicha, hozir tashkilotga sakkiz nafar a’zo – Rossiya, Hindiston, Xitoy, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. Yana to‘rt davlat – Eron, Belarus, Mo‘g‘uliston, Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega.
Shu bilan birga, bosh kotibning aytishicha, Eron va Belarus ShHTga a’zo bo‘lish jarayonini davom ettirmoqda.
"Bundan tashqari, bizda hali ham muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar mavjud. Goa shahrida bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirlari sammiti chog‘ida men to‘rt davlat – BAA, Myanma, Kuvayt va Maldiv orollarining vakolatli vakillari bilan muloqot bo‘yicha hamkor maqomini olishga rozilik to‘g‘risidagi memorandumlarni imzoladim”, - deydi u.
Bosh kotib, shuningdek, Bahraynga ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini berish tartib-qoidalari allaqachon yakunlanganini, memorandumni imzolash vaqtini kelishib olish qolganini aytdi.
“Shunday qilib, ShHT hozirda 14 ta muloqot bo‘yicha hamkorga ega”, — deya xulosa qildi u.