https://oz.sputniknews.uz/20230510/ozbek-bokschilari-yolbars-34823272.html
O‘zbek bokschilarini yo‘lbarsga qiyoslashadi – murabbiy Ro‘zioxunov
O‘zbek bokschilarini yo‘lbarsga qiyoslashadi – murabbiy Ro‘zioxunov
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent mezbonligida o‘tayotgan dunyo birinchiligi g‘oliblariga, jumladan, ramziy ma’nodagi yo‘lbars o‘yinchoqlari beriladi. 10.05.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-05-10T18:06+0500
2023-05-10T18:06+0500
2023-05-10T18:06+0500
boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023
sport
boks
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/08/34751483_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_5dbef5cb3bf009f232429207e6f12bb2.jpg
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘oliblariga ramziy yo‘lbars o‘yinchoqlari beriladi.JChda janglar 3 daqiqadan 3 raund davom etadi. Bokschi muddatidan oldin raqibini nokautga uchratsa, jang to‘xtatiladi.Ochkolar har bokschining ringda faolligiga, bergan zarbalari, himoya tutishi, raqibiga chap berishiga qarab maxsus hakamlar tomonidan baholab boriladi.Hozircha ringga ko‘tarilgan Hasanboy Do‘smatov, Saidjamshid Jafarov, Abdumalik Xalokov, Ruslan Abdullayev, Lazizbek Mullojonov yarim finalga yo‘l olishdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Dostonbek Rahmatullayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34374677_207:199:686:678_100x100_80_0_0_0ebbda2f233e2b8e368e45219324be77.jpg
Dostonbek Rahmatullayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34374677_207:199:686:678_100x100_80_0_0_0ebbda2f233e2b8e368e45219324be77.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/08/34751483_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_3bfbbcaa3da119ae3d984bd0508855b3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Dostonbek Rahmatullayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34374677_207:199:686:678_100x100_80_0_0_0ebbda2f233e2b8e368e45219324be77.jpg
sport, boks, toshkent
O‘zbek bokschilarini yo‘lbarsga qiyoslashadi – murabbiy Ro‘zioxunov
Dostonbek Rahmatullayev
Muxbir
Toshkent mezbonligida o‘tayotgan dunyo birinchiligi g‘oliblariga, jumladan, ramziy ma’nodagi yo‘lbars o‘yinchoqlari beriladi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘oliblariga ramziy yo‘lbars o‘yinchoqlari beriladi.
“O‘zbek bokschilari kuchi va shiddatidan yo‘lbarsga qiyoslanadi. 1-14 may kuni O‘zbekistonda o‘tayotgan JChda g‘oliblarga belgilangan pul mukofoti, medal, diplom va ramziy ma’noda yo‘lbars o‘yinchoqlari taqdim etiladi”, - dedi boks bo‘yicha xalqaro toifadagi murabbiy Rahmatjon Ro‘zioxunov.
JChda janglar 3 daqiqadan 3 raund davom etadi. Bokschi muddatidan oldin raqibini nokautga uchratsa, jang to‘xtatiladi.
Ochkolar har bokschining ringda faolligiga, bergan zarbalari, himoya tutishi, raqibiga chap berishiga qarab maxsus hakamlar tomonidan baholab boriladi.
“Bugun chempionatning chorak finali, unda 11 nafar bokschimiz kurashmoqda. Men ularning barchasidan umidvorman. Bokschilarimiz haqiqatan yo‘lbarsga tengligini isbotlashadi”, - dedi murabbiy.
Hozircha ringga ko‘tarilgan Hasanboy Do‘smatov, Saidjamshid Jafarov, Abdumalik Xalokov, Ruslan Abdullayev, Lazizbek Mullojonov yarim finalga yo‘l olishdi.