https://oz.sputniknews.uz/20230510/borrel-garb-ukraina-taslim-34806936.html
Borrel: G‘arb yordamisiz Ukrainaning bir necha kun ichida taslim bo‘lishiga to‘g‘ri kelardi
Borrel: G‘arb yordamisiz Ukrainaning bir necha kun ichida taslim bo‘lishiga to‘g‘ri kelardi
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb mamlakatlarining qo‘llovisiz Ukrainaning bir necha kun ichida taslim bo‘lishiga to‘g‘ri kelardi. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Ispaniyaning “Sexta” telekanaliga bergan intervyusida.
2023-05-10T15:03+0500
2023-05-10T15:03+0500
2023-05-10T15:03+0500
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0a/34806784_0:149:3112:1900_1920x0_80_0_0_88acb103e02104291862f67494a2107a.jpg
TOShKENT, 10-may — Sputnik. G‘arb mamlakatlarining qo‘llovisiz Ukrainaning bir necha kun ichida taslim bo‘lishiga to‘g‘ri kelardi. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Ispaniyaning “Sexta” telekanaliga bergan intervyusida.Jurnalistning mojaroni qanday yakunlash mumkinligi haqidagi savoliga, Borrel buning javobini bilishini ta’kidladi.Ammo Borrel “jahon hamjamiyatiga Ukraina mojarosining bunday yakunlanishi kerakmi” deya savol berdi va Kiyevga bundan keyin ham yordam berish zarurligini aytdi.Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, YeI jangovar harakatlar olib bormayapti va mojaro qatnashchisi emas, chunki “bevosita aralashmayapti”.Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini qayd etdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deya ta’kidlagan.Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etgan.Lavrovning aytishicha, AQSh va NATO Ukrainadagi mojaroda, jumladan, “nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa davlatlar hududidagi xodimlarni tayyorlash bilan ham bevosita shug‘ullanadi”.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0a/34806784_191:0:2922:2048_1920x0_80_0_0_73c13194009d513772df0d2619df4835.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jozep borrel g‘arb ukraina mojaro yordam
jozep borrel g‘arb ukraina mojaro yordam
Borrel: G‘arb yordamisiz Ukrainaning bir necha kun ichida taslim bo‘lishiga to‘g‘ri kelardi
Yevropa diplomatiyasi rahbari G‘arb yordamisiz Ukrainadagi mojaro darhol yakunlanishi mumkinligini tan oldi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. G‘arb mamlakatlarining qo‘llovisiz Ukrainaning bir necha kun ichida taslim bo‘lishiga to‘g‘ri kelardi. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Ispaniyaning “
Sexta” telekanaliga bergan intervyusida.
Jurnalistning mojaroni qanday yakunlash mumkinligi haqidagi savoliga, Borrel buning javobini bilishini ta’kidladi.
“Men qanday bir zumda yakunlashni bilaman: men Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni bas qilaman, va Ukraina bir necha kun ichida taslim bo‘lishi shart”, - dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
Ammo Borrel “jahon hamjamiyatiga Ukraina mojarosining bunday yakunlanishi kerakmi” deya savol berdi va Kiyevga bundan keyin ham yordam berish zarurligini aytdi.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, YeI jangovar harakatlar olib bormayapti va mojaro qatnashchisi emas, chunki “bevosita aralashmayapti”.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini qayd etdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deya ta’kidlagan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etgan.
Lavrovning aytishicha, AQSh va NATO Ukrainadagi mojaroda, jumladan, “nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa davlatlar hududidagi xodimlarni tayyorlash bilan ham bevosita shug‘ullanadi”.