Lazizjon Mullojonov pobedil kolumbiysa Marlo Xartado v pervom boyu ChM. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023
Toshkentda 30-aprel - 14-may kunlari ilk bor Boks bo‘yicha erkaklar orasida Jahon Chempionati bo‘lib o‘tadi.

Boks bo‘yicha JCh: bugun musobaqaning chorak final janglarida kimlar ringga ko‘tariladi?

© Foto : Freepik/master1305Bokseri na ringe.
Bokseri na ringe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2023
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar vakili yarim final chiptasi uchun ringga ko‘tariladi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Bugun Toshkent mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak final janglari o‘tkaziladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Chempionat o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar vakili yarim final chiptasi uchun ringga ko‘tariladi.
Ular orasida Hasanboy Do‘smatov – Tomoya Suboi (Yaponiya), Bahodir Jalolov – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) kabi finalga teng janglarni ko‘rish mumkin.
To‘liq juftliklar:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Tomoya Suboi (Yaponiya) - (B ring, 14:00)
-57 kg: Abdumalik Xalokov - Ishish Yusuf (Iordaniya) - (B ring, 14:25 dan so‘ng)
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Lounes Xamraoui (Fransiya) - (A ring, 15:10 dan so‘ng)
-71 kg: Saidjamshid Jafarov - Igor Sviridchenkov (Rossiya) - (B ring, 15:25 dan so‘ng)
-92 kg Lazizbek Mullojonov - Sezar La Kruz (Kuba) - (A ring, 16:25 dan so‘ng)
-54 kg: Oybek Jo‘rayev - Gabriyel Eskobar (Ispaniya) - (B ring, 18:40 dan so‘ng)
-60 kg: Mujibillo Tursunov - Vsevolod Shumkov (Rossiya) - (B ring, 18:55 dan so‘ng)
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Roniyel Iglesias (Kuba) - (B ring, 19:25 dan so‘ng)
-75 kg: A’loxon Abdullayev - Filip Akilov (Vengriya) - (B ring, 19:55 dan so‘ng)
-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Alfonso Domingez (Ozarbayjon) - (A ring, 20:25 dan so‘ng)
+92 kg: Bahodir Jalolov - Qamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) - (B ring, 21:10 dan so‘ng)
Yangiliklar lentasi
0