https://oz.sputniknews.uz/20230509/saylov-tizimi-majoritar-proportsional-34766854.html
O‘zbekiston aralash saylov tizimiga o‘tadi
O‘zbekiston aralash saylov tizimiga o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 1 oy muddatda majoritar-proporsional shaklga asoslangan saylov tizimiga o‘tishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqadi.
2023-05-09T08:01+0500
2023-05-09T08:01+0500
2023-05-09T08:05+0500
siyosat
o‘zbekiston
saylov kodeksi
saylovlar
deputatlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/18/21066583_0:69:1280:789_1920x0_80_0_0_4e0187ec3f15a321c7d1c55715be1249.jpg
TOShKENT, 9-may — Sputnik. O‘zbekistonda saylov tizimi majoritar-proporsional shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda 8-may kuni prezident tomonidan imzolangan farmonda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimini joriy etiladi.Ma’lumot uchun, xalqaro tajribada saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari mavjud. Shu kungacha O‘zbekistonda saylov jarayonlari majoritar saylov tizimida o‘tkazilgan.Aralash saylov tizimi deputatlik mandatlarining bir qismi hukumatning barqaror shakllanishiga hissa qo‘shadigan majoritar tizim tamoyillari bo‘yicha, ikkinchi qismi esa proporsional tizim tamoyillariga muvofiq taqsimlanadi. Ovozlarni to‘liqroq hisobga olish va mamlakatdagi siyosiy vaziyatning haqiqiy manzarasini aniqroq aks ettiradi. Majoritar saylov tizimida ko‘p ovoz olgan nomzod muayan okrug bo‘yicha saylangan hisoblanadi. Bunda ovozlarning umumiy sonidan mutlaq ko‘p ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Nomzod o‘z raqiblari orasidan har biriga nisbatan ko‘p ovoz olsa g‘olib deb topiladi.Proporsional saylov tizimida saylovchilar aniq bir shaxsga emas, balki partiyaga ovoz berishadi. Har bir partiya o‘z vakillarining ro‘yxatini ilgari suradi. Bunda saylovchilar tegishli partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan vakillarning ro‘yxati uchun ovoz beradi. Saylovchi amalda nomzod uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/18/21066583_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_049fa0c2a55a7d64db9627fb1d739531.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston saylov deputatlar
o‘zbekiston saylov deputatlar
O‘zbekiston aralash saylov tizimiga o‘tadi
08:01 09.05.2023 (yangilandi: 08:05 09.05.2023) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 1 oy muddatda majoritar-proporsional shaklga asoslangan saylov tizimiga o‘tishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqadi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. O‘zbekistonda saylov tizimi majoritar-proporsional shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda 8-may kuni prezident tomonidan imzolangan
farmonda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimini joriy etiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 1 oy muddatda majoritar-proporsional shaklga asoslangan saylov tizimiga o‘tishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqadi.
Ma’lumot uchun, xalqaro tajribada saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari mavjud. Shu kungacha O‘zbekistonda saylov jarayonlari majoritar saylov tizimida o‘tkazilgan.
Aralash saylov tizimi deputatlik mandatlarining bir qismi hukumatning barqaror shakllanishiga hissa qo‘shadigan majoritar tizim tamoyillari bo‘yicha, ikkinchi qismi esa proporsional tizim tamoyillariga muvofiq taqsimlanadi. Ovozlarni to‘liqroq hisobga olish va mamlakatdagi siyosiy vaziyatning haqiqiy manzarasini aniqroq aks ettiradi.
Majoritar saylov tizimida ko‘p ovoz olgan nomzod muayan okrug bo‘yicha saylangan hisoblanadi. Bunda ovozlarning umumiy sonidan mutlaq ko‘p ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Nomzod o‘z raqiblari orasidan har biriga nisbatan ko‘p ovoz olsa g‘olib deb topiladi.
Proporsional saylov tizimida saylovchilar aniq bir shaxsga emas, balki partiyaga ovoz berishadi. Har bir partiya o‘z vakillarining ro‘yxatini ilgari suradi. Bunda saylovchilar tegishli partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan vakillarning ro‘yxati uchun ovoz beradi. Saylovchi amalda nomzod uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi.