O‘zbekiston Rossiyaga 1,2 mln dollarlik gilam eksport qildi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishZavod po proizvodstvu kovrov SAG v Samarkande
Zavod po proizvodstvu kovrov SAG v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2023
Obuna bo‘lish
Gilam eksporti hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,4 mln AQSh dollariga oshgan.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 10 ta xorijiy davlatga qiymati 12,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Gilam eksporti hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,4 mln AQSh dollariga oshgan.
O‘zbekiston eng ko‘p gilamni Qirg‘iz Respublikasiga (6,8 mln dollar) eksport qilgan. Shuningdek, Tojikistonga 1,5 mln dollarlik, Ozarbayjonga 1,3 mln dollarlik, Rossiyaga 1,2 mln dollarlik, Afg‘onistonga 750 ming dollarlik, Qozog‘istonga 340 ming dollarlik gilam eksport qilingan.
Yangiliklar lentasi
0