Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi

© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan Prezidenta Uzbekistana provodili ministr ekonomicheskogo razvitiya Rossii Maksim Reshetnikov
Prezidenta Uzbekistana provodili ministr ekonomicheskogo razvitiya Rossii Maksim Reshetnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevni Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi. Bu haqda Mirziyoyevning matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennix meropriyatiyax v svazi s 78-y godovshinoy Pobedi
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennix meropriyatiyax v svazi s 78-y godovshinoy Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2023
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennix meropriyatiyax v svazi s 78-y godovshinoy Pobedi
Moskvaning Qizil maydonida G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Uni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham kuzatdi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennix meropriyatiyax v svazi s 78-y godovshinoy Pobedi
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennix meropriyatiyax v svazi s 78-y godovshinoy Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2023
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennix meropriyatiyax v svazi s 78-y godovshinoy Pobedi
Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston rahbari boshqa davlatlar yetakchilari bilan birga Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi va Ikkinchi jahon urushida Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan askarlar, shu jumladan o‘zbek o‘g‘lonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Shu bilan Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi. Aeroportda Shavkat Mirziyoyevni Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennix meropriyatiyax v svazi s 78-y godovshinoy Pobedi
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennix meropriyatiyax v svazi s 78-y godovshinoy Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2023
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennix meropriyatiyax v svazi s 78-y godovshinoy Pobedi
Yangiliklar lentasi
0