MDH rahbarlarining Moskvada yig‘ilishi muhim, ota-bobolarimiz birga g‘alaba qozongan — Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin i predsedatel pravitelstva M. Mishustin na parade Pobedi v Moskve
Prezident RF V. Putin i predsedatel pravitelstva M. Mishustin na parade Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2023
Obuna bo‘lish
Paradda so‘zga chiqqan Vladimir Putin MDH davlatlari rahbarlarining parad uchun Moskvaga kelishi muhimligini ta’kidlab "Biz buni doim eslaymiz", dedi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Bugun MDH rahbarlarining Moskvada yig‘ilishi muhim, ota-bobolarimiz birga kurashgan va birga g‘alaba qozongan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda o‘tayotgan G‘alaba paradida ma’lum qildi.
Paradda so‘zga chiqqan Vladimir Putin MDH davlatlari rahbarlarining parad uchun Moskvaga kelishi muhimligini ta’kidlab "Biz buni doim eslaymiz", dedi.
"Bugun MDH davlatlari rahbarlarining Moskvada yig‘ilishi muhim, men bunda ajdodlarimizning jasoratiga minnatdorlik munosabatini ko‘raman", dedi Putin.
U o‘z so‘zida shuningdek, Rossiya tinch kelajakni ko‘rishni xohlashi va har qanday ustunlik mafkurasi qabul qilinishi mumkin emasligini qayd etdi.
"G‘arb elitasi fashistlarning dunyo hukmronligi haqidagi da’volari nimaga olib kelganini unutib qo‘yishdi. Rossiyaga qarshi urush boshlandi, lekin biz terrorizmni yengganmiz, buning ham uddasidan chiqamiz. Kiyev davlat to‘ntarishining asiriga va G‘arb qo‘lidagi savdo vositasiga aylandi", deya qo‘shimcha qildi prezident.
Yangiliklar lentasi
0