Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda

© Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2023
Obuna bo‘lish
Butunjahon ta’lim forumi an’anaviy tarzda har yili o‘tkaziladi hamda ta’lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi ayni damda Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Forum Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etilgan bo‘lib, unda butun dunyodan ta’lim vazirliklari delegatsiyalari qatnashmoqda.
Butunjahon ta’lim forumi:
bugungi kundagi ta’lim sohasida mavjud muammolarga ijobiy yechim topish;
yuzaga kelgan ta’lim va o‘quv masalalarida fikr almashish;
ta’lim jarayonidagi yangiliklar haqida taqdimotlar o‘tkazish;
davlatlar tomonidan ta’limning turli xil yo‘nalishlaridagi muvaffaqiyatlar bilan bo‘lishish uchun xalqaro maydon hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Butunjahon ta’lim forumi an’anaviy tarzda har yili o‘tkaziladi hamda ta’lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Forum 10-maygacha davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0