"Bahor ansambli" Ufada konsert beradi

© Press-slujba Ministerstva kulturi UzbekistanaTansevalniy ansambl "Baxor" zanyal tretye mesto na mejdunarodnom festivale v Tursii.
Tansevalniy ansambl Baxor zanyal tretye mesto na mejdunarodnom festivale v Tursii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2023
Obuna bo‘lish
San’at ixlosmandlarini taassurotlarga to‘la tomosha kutmoqda. O‘zbek raqslari milliy cholg‘u asboblari jo‘rligida namoyish etiladi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Boshqirdiston poytaxti Ufa shahridagi Fayzi Gaskarov nomidagi ansambl konsert zali sahnasida 10-may kuni Mukarram Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli chiqish qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lum qildi.
“Bahor” ansambli O‘zbekistonning tashrif qog‘ozi hisoblanib, iftixor va milliy boylik, madaniyat va tarixning raqs orqali hikoyasidir.
“San’at ixlosmandlarini taassurotlarga to‘la tomosha kutmoqda. O‘zbek raqslari milliy cholg‘u asboblari jo‘rligida namoyish etiladi”, deyiladi xabarda.
“Bahor” raqs ansamblining ijrosi tomoshabinlarni o‘zbek xalq raqs san’atining maftunkor muhitiga sho‘ng‘itib, O‘zbekistonning boy madaniy merosi haqida tasavvur hosil qildiradi.
Ma’lumot uchun, sayyor guruh ijodida 200 dan ortiq xoreografik sahna ko‘rinishlari mavjud.
Konsert 19:00da boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0