https://oz.sputniknews.uz/20230508/zoyir-mirzaev-ikkinchi-jahon-urushi-qatnashchilari-34748432.html
Zoyir Mirzayev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashdi
Zoyir Mirzayev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Hozirda hududda 26 nafar Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilari yashamoqda.
2023-05-08T16:38+0500
2023-05-08T16:38+0500
2023-05-08T16:38+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
zoyir mirzayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/08/34748192_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_c864945f065be4954931193ec56bcd1f.jpg
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.Hozirda hududda 26 nafar Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilari yashamoqda.Yangiyo‘l shahridagi “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashayotgan urush faxriysi Rihimjon Rajapov bu yil 99 yoshni qarshiladi. Viloyat hokimi bu otaxon xonadonida ham mehmon bo‘ldi.Shundan so‘ng hokim Yangiyo‘l tumanidagi “Qovunchi” mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Nodir Mansurov xonadoniga bordi. Suhbat davomida otaxon o‘zining hayot yo‘llari haqida so‘zlab berdi. Mas’ullar bu otaxonga ham esdalik sovg‘alari va pul mukofotini topshirdi.Ma’lumotlarga ko‘ra, 1941-1945 yillarda Toshkent viloyatidan jami 121 969 nafar kishi frontga ketgan. Ularning 22 617 nafari janglarda halok bo‘lgan. 19 367 nafari bedarak yo‘qolgan. 1942-yilning kuzida Toshkent viloyati aholisi frontga 52 vagon oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natgan. Birgina Oqqo‘rg‘on va Yangiyo‘l tumanidan aholining o‘z shaxsiy jamg‘armalari hisobidan 220 milllion so‘mdan oshiq pul mablag‘i frontdagi g‘alabani ta’minlash uchun tashkil etilgan maxsus jamg‘arma hisobiga o‘tkazib berilgan. Urush o‘choqlaridan mazkur hududga yuborilgan 3500 nafar boshpanasiz kishi va 1700 nafar yosh go‘dak viloyatdagi o‘zbek xonadonlarida qo‘nim topgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/08/34748192_6:0:1143:853_1920x0_80_0_0_b39d4e0e19a20c5cfc9c29f03d80e93d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zoyir mirzayev
Zoyir Mirzayev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashdi
Hozirda hududda 26 nafar Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilari yashamoqda.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA
xabar berdi. Hozirda hududda 26 nafar Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilari yashamoqda.
Yangiyo‘l shahridagi “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashayotgan urush faxriysi Rihimjon Rajapov bu yil 99 yoshni qarshiladi. Viloyat hokimi bu otaxon xonadonida ham mehmon bo‘ldi.
Dastlab Zoyir Mirzayev otaxonga prezidentning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng prezident farmoniga asosan bir martalik 18 million so‘m pul mukofoti, viloyat hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shundan so‘ng hokim Yangiyo‘l tumanidagi “Qovunchi” mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Nodir Mansurov xonadoniga bordi. Suhbat davomida otaxon o‘zining hayot yo‘llari haqida so‘zlab berdi. Mas’ullar bu otaxonga ham esdalik sovg‘alari va pul mukofotini topshirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1941-1945 yillarda Toshkent viloyatidan jami 121 969 nafar kishi frontga ketgan. Ularning 22 617 nafari janglarda halok bo‘lgan. 19 367 nafari bedarak yo‘qolgan. 1942-yilning kuzida Toshkent viloyati aholisi frontga 52 vagon oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natgan. Birgina Oqqo‘rg‘on va Yangiyo‘l tumanidan aholining o‘z shaxsiy jamg‘armalari hisobidan 220 milllion so‘mdan oshiq pul mablag‘i frontdagi g‘alabani ta’minlash uchun tashkil etilgan maxsus jamg‘arma hisobiga o‘tkazib berilgan. Urush o‘choqlaridan mazkur hududga yuborilgan 3500 nafar boshpanasiz kishi va 1700 nafar yosh go‘dak viloyatdagi o‘zbek xonadonlarida qo‘nim topgan.