Putin Mirziyoyevga G‘alabaning 78-yilligi munosabati tabrik yo‘lladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v seremonii po sluchayu dostavki yadernogo topliva na AES "Akkuyu"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v seremonii po sluchayu dostavki yadernogo topliva na AES Akkuyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin, shuningdek, xorijiy davlat yetakchilaridan urush faxriylari va front ortida mehnat qilganlarga samimiy minnatdorchiligini yetkazib qo‘yishni so‘ragan.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 78-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Bugungi kunda bizning ma’naviy burchimiz – ota-bobolarimiz vasiyat qilgan do‘stlik va o‘zaro yordam an’analarini ko‘z qorachig‘iday asrash, Ulug‘ Vatan urushidagi tarixiy haqiqatning buzib ko‘rsatilishiga, millatchilar, ularning sheriklari va hozirgi g‘oyadosh vorislari harakatlarini oqlashga yo‘l qo‘ymaslik”, - deyiladi Rossiya rahbari tabrigida.

G‘alabaning 78-yilligi munosabati tabrik, jumladan, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Abxaziya, Janubiy Osetiya rahbarlari hamda Moldova va Gruziya xalqlariga ham yo‘llangan.
Vladimir Putin, shuningdek, xorijiy davlat yetakchilaridan urush faxriylari va front ortida mehnat qilganlarga samimiy minnatdorchiligini yetkazib qo‘yishni so‘rab, ularga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va farovonlik tilab qolishini bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0