https://oz.sputniknews.uz/20230508/muddatidan-ilgari-ozbekiston-prezidenti-saylovi-34747417.html
Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi
Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi.
2023-05-08T14:57+0500
2023-05-08T14:57+0500
2023-05-08T17:08+0500
siyosat
o‘zbekistonda prezident saylovi
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34458575_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_3f82c73c809085dde1fd724467fff823.jpg
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni tegishli farmonni imzoladi.Muddatidan ilgari prezident sayloviga oid so‘nggi xabarlardan boxabar bo‘lish uchun Telegram-kanalimizga obuna bo‘ling va birinchi bo‘lib o‘qing: kirill va lotin yozuvida.Avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Davlat rahbari bunday qarorga kelishning sabablarini tushuntirgan edi.Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Asosiy qonunga muvofiq, hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari isloh qilinib, ular o‘rtasidagi munosabat va muvozanat jiddiy o‘zgarmoqda. Yangilangan Konstitutsiya prezident, parlament, hukumat, vazirlar, hokimlar oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan yangi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni qo‘ymoqda. Xalq davlatdan barcha sohalarda g‘oyat muhim va dolzarb o‘zgarish va islohotlarni kutmoqda.Dunyoda va mintaqada keskin va murakkab jarayonlar hukm surayotgan hozirgi vaziyatda to‘g‘ri va samarali rivojlanish yo‘lini izlab topish va uni amalga oshirish eng o‘tkir va dolzarb masalaga aylanmoqda."Asosiy qonunimizda xalq – davlat hokimiyatining birdan-bir manbai, deb bejiz yozilmagan. Shu nuqtayi nazardan, yangilangan davlat hokimiyati tizimida xalqimiz, yana bir bor aytaman, faqat xalqimiz o‘zi ishongan rahbarga mandat berishi maqsadga muvofiq. O‘ylaymanki, bugungi mavjud sharoitda bu eng to‘g‘ri va adolatli qaror bo‘ladi", - degan edi Mirziyoyev.Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, prezident muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda 2 oy ichida o‘tkaziladi.Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlarini Markaziy saylov komissiyasi belgilaydi.Mavzuga doir: O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkaziladi - Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34458575_301:29:2865:1952_1920x0_80_0_0_3ef05e4098e9323c57b4789911fbe1e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
muddatidan ilgari o‘zbekiston prezidenti saylovi 9-iyul 2023 shavkat mirziyoyev
muddatidan ilgari o‘zbekiston prezidenti saylovi 9-iyul 2023 shavkat mirziyoyev
Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi
14:57 08.05.2023 (yangilandi: 17:08 08.05.2023) Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni mudatidan ilgari prezident saylovini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni tegishli farmonni imzoladi.
Muddatidan ilgari prezident sayloviga oid so‘nggi xabarlardan boxabar bo‘lish uchun Telegram-kanalimizga obuna bo‘ling va birinchi bo‘lib o‘qing: kirill va lotin yozuvida. "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110 va 128-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 66-moddasiga asosan 2023-yil 9-iyul kuniga muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tayinlansin", - deyilgan farmon
matnida.Avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkazilishini
e’lon qilgan edi. Davlat rahbari bunday qarorga kelishning sabablarini tushuntirgan edi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Asosiy qonunga muvofiq, hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari isloh qilinib, ular o‘rtasidagi munosabat va muvozanat jiddiy o‘zgarmoqda. Yangilangan Konstitutsiya prezident, parlament, hukumat, vazirlar, hokimlar oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan yangi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni qo‘ymoqda. Xalq davlatdan barcha sohalarda g‘oyat muhim va dolzarb o‘zgarish va islohotlarni kutmoqda.
Dunyoda va mintaqada keskin va murakkab jarayonlar hukm surayotgan hozirgi vaziyatda to‘g‘ri va samarali rivojlanish yo‘lini izlab topish va uni amalga oshirish eng o‘tkir va dolzarb masalaga aylanmoqda.
"Asosiy qonunimizda xalq – davlat hokimiyatining birdan-bir manbai, deb bejiz yozilmagan. Shu nuqtayi nazardan, yangilangan davlat hokimiyati tizimida xalqimiz, yana bir bor aytaman, faqat xalqimiz o‘zi ishongan rahbarga mandat berishi maqsadga muvofiq. O‘ylaymanki, bugungi mavjud sharoitda bu eng to‘g‘ri va adolatli qaror bo‘ladi", - degan edi Mirziyoyev.
Saylov kodeksiga kiritilgan
o‘zgartirishlarga ko‘ra, prezident muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda 2 oy ichida o‘tkaziladi.
Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlarini Markaziy saylov komissiyasi belgilaydi.