Mirziyoyev ishtirokida referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv boshlandi

© Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyev provodit vstrechu, posvashennuyu itogam referenduma, proshedshego 30-aprelya.
 Shavkat Mirziyoyev provodit vstrechu, posvashennuyu itogam referenduma, proshedshego 30-aprelya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari o‘z nutqining avvalida Konstitutsiya bo‘yicha referendum yakunlariga to‘xtaldi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament a’zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Davlat rahbari o‘z nutqining avvalida Konstitutsiya bo‘yicha referendum yakunlariga to‘xtaldi.
“Xabaringiz bor, shu yil 30-aprel kuni mamlakatimiz hayotida hech shubhasiz tom ma’nodagi ulkan tarixiy voqea bo‘lib o‘tdi. Birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik. Referendumda ishtirok etgan fuqarolarimizning mutlaq ko‘pchiligi “Bu – mening Konstitutsiyam”, deb g‘urur bilan ovoz berdi. Referendum keyingi yillarda xalqimizning siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashi naqadar yuksalganini amalda ko‘rsatdi. Ushbu tarixiy tanlov orqali xalqimiz bundan olti yil oldin boshlagan islohotlarimizga katta ishonch bilan qarab, ularni to‘la qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor namoyon etdi”, - dedi davlat rahbari.
El-yurtning ana shunday azmu qarori asosida davlatchilik va iqtisodiyotni bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratilgani qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0