Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Obuna bo‘lish
Urush qatnashchilari hurmat va mehr og‘ushida yashayotgani, sog‘ligi yaxshi, hayotidan rozi ekanini aytdi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni Toshkent shahridagi “Chinobod Plaza” sanatoriysiga borib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezident Anorboy ota Jalilov, Ashir ota O‘sarov, Antonina Kolomenseva, To‘lagan ota Imomov, Abbos ota Appanov bilan dildan suhbatlashdi.
“Sizlarni ko‘ray, bayram bilan tabriklay deb keldim. Bu, avvalo, sizlarning bayramingiz. O‘sha paytlardagi jasorat va matonatingiz tufayli keyingi avlodlar tinch, erkin yashadi. Mashaqqatli mehnat va zafarlarga to‘la hayot yo‘lingiz bugungi yoshlar uchun chinakam ibrat maktabi, vatanparvarlik maktabi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Siz bilan butun el-yurtimiz faxrlanadi”, – dedi Mirziyoyev.
Urush qatnashchilari hurmat va mehr og‘ushida yashayotgani, sog‘ligi yaxshi, hayotidan rozi ekanini aytdi. O‘zlari istiqomat qilayotgan hududda, farzand va nabiralarining hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida gapirdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev navestil uchastnikov Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev navestil uchastnikov Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev navestil uchastnikov Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev navestil uchastnikov Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev navestil uchastnikov Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
5/5
Nuroniylar e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun prezidentga minnatdorlik bildirib, xayrli duolar qildi.
“Nuroniylarimiz uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga bundan buyon ham katta e’tibor qaratamiz. Bu – biz uchun muqaddas burch va vazifadir”, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekistonda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Bugungi kunda mamlakatda 174 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va front orti mehnat faxriylari bor. Bu yil Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 000 000 (o‘n sakkiz million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0