Gulistondagi festivalda Samarqand nonlari taqdim qilindi – foto

© SputnikV Gulistane prezentovali samarkandskiy xleb - foto
V Gulistane prezentovali samarkandskiy xleb - foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘hna Samarqandning dunyoga mashhur nonlarining 30 ga yaqin turi taqdim etildi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Guliston shahrida o‘tkazilayotgan III Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida Samarqand nonlari taqdim etildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
© SputnikV Gulistane prezentovali samarkandskiy xleb - foto
V Gulistane prezentovali samarkandskiy xleb - foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
V Gulistane prezentovali samarkandskiy xleb - foto
Festival uchun yaratilgan maxsus gastronomik ko‘chada har bir viloyat hududiga xos milliy taomlar tayyorlandi.
Ko‘hna Samarqandning dunyoga mashhur nonlarining 30 ga yaqin turi taqdim etildi.
© SputnikV Gulistane prezentovali samarkandskiy xleb - foto
V Gulistane prezentovali samarkandskiy xleb - foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
V Gulistane prezentovali samarkandskiy xleb - foto
“Samarqand hududida jami 62 xildagi nonlar tayyorlanadi. Hozirda Samarqand shahar kasb-hunar maktabida yosh novvoylarni tayyorlaymiz. Ular 40 dan ortiq turdagi xamir va nonlarni tayyorlashni o‘rganishadi. Yer tandir, oddiy tandir va qozonda yopib pishiriladigan nonlarni tayyorlashadi”, dedi maktab xodimi Ikrom Xo‘janazarov.
© SputnikV Gulistane prezentovali samarkandskiy xleb - foto
V Gulistane prezentovali samarkandskiy xleb - foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
V Gulistane prezentovali samarkandskiy xleb - foto
Samarqandning eng mashhur noni “Galaosiyo nonlari” deyiladi, u yer tandirda yopiladi, og‘irligi 2 kg gacha bo‘ladi.
Mazkur nonlar uchun xorijiy sayyohlardan talab katta.
© SputnikV Gulistane prezentovali samarkandskiy xleb - foto
V Gulistane prezentovali samarkandskiy xleb - foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
V Gulistane prezentovali samarkandskiy xleb - foto
“Samarqandga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Yevropa mamlakatlaridan kelgan sayyohlar “Galaosiyo nonlari”, zog‘ora va qatlama nonlarini xush ko‘rib iste’mol qilishadi. O‘tin yoqib, uning olovida pishirilgan nonlarning ta’mi boshqacha mazali va to‘yimli bo‘ladi”, dedi mutaxassis.
6-8 may kunlari Guliston shahrida III Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tmoqda. Festivalda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan musiqachilar, baxshilar, oqin va ijrochilar ishtirok etmoqda. Xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Vengriya, Koreya, Yaponiya kabi 30 dan ortiq mamlakatlardan ishtirokchi va mehmonlar tashrif buyurgan.
Yangiliklar lentasi
0