Boks bo‘yicha JCh: Meliqo‘ziyevda mag‘lubiyat, Tursunov va Abdullayev esa chorak finalda
Boks bo‘yicha JCh: Meliqo‘ziyevda mag‘lubiyat, Tursunov va Abdullayev esa chorak finalda
Sputnik O‘zbekiston
Shodiyorjon Meliqo‘ziyev Qozog‘iston vakiliga imkoniyatni boy berdi. Mujibillo Tursunov va Shohjahon Abdullayev qozog‘istonlik raqiblarini mag‘lub etishdi. 08.05.2023, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining sakkizinchi kun bahslari bo‘lib o‘tmoqda.Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasida jahon chempionatidagi ikkinchi yo‘qotish bo‘ldi. -48 kg vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qilgan Shodiyorjon Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik Sanjar Tashkenbayga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.O‘zining ajoyib harakatlari bilan -60 kg vazn toifasidagi janglarni "yondirayotgan" Mujibillo Tursunov uchinchi jangni ham muvaffaqiyatli yakunladi. Marokashlik Muhamed Hamutga qarshi ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik bokschi bu g‘alabasi bilan chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.Andijon boksining yangi nihollaridan biri Shohjahon Abdullayev (-86 kg) yana bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Qozog‘istonlik Sagindik Togambayga qarshi bahs olib borgan Abdullayev o‘zining aniq va kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirib, chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Shodiyorjon Meliqo‘ziyev Qozog‘iston vakiliga imkoniyatni boy berdi. Mujibillo Tursunov va Shohjahon Abdullayev qozog‘istonlik raqiblarini mag‘lub etishdi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining sakkizinchi kun bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasida jahon chempionatidagi ikkinchi yo‘qotish bo‘ldi. -48 kg vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qilgan Shodiyorjon Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik Sanjar Tashkenbayga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.
O‘zining ajoyib harakatlari bilan -60 kg vazn toifasidagi janglarni "yondirayotgan" Mujibillo Tursunov uchinchi jangni ham muvaffaqiyatli yakunladi. Marokashlik Muhamed Hamutga qarshi ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik bokschi bu g‘alabasi bilan chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Andijon boksining yangi nihollaridan biri Shohjahon Abdullayev (-86 kg) yana bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Qozog‘istonlik Sagindik Togambayga qarshi bahs olib borgan Abdullayev o‘zining aniq va kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirib, chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.