Baxshilar bayramida gastronomik ko‘cha ochildi - foto

© SputnikToshkentcha osh
Toshkentcha osh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
Obuna bo‘lish
Gulistonda o‘tkazilayotgan III xalqaro baxshilar festivalidagi gastronomik ko‘chada qator milliy taomlar tayyorlandi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Toshkent, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro va boshqa hududlarning milliy taomlari Gulistonda o‘tkazilayotgan III xalqaro baxshilar festivalida ochilgan gastronomik ko‘chada jamlandi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Xorazmcha suzma palov
“Qovurilmasdan parda pishiriladi, 4 soat dimlanib turadi. Xonqa hududining lazer guruchidan tayyorlanadi. Men 18-yildan beri osh damlayman, kasbim orqali Rossiya, Qozog‘iston, Germaniya davlatlariga sayohat qilib, u yerda ham osh pishirganman”, - dedi xorazmlik oshpaz Shuhrat Matnazarov.
© Sputnik
Xorazmcha suzma palov - Sputnik O‘zbekiston
1/2
© Sputnik
Xorazmcha suzma palov - Sputnik O‘zbekiston
2/2
1/2
2/2
Jizzaxcha tandir kabob
“Maxsus tandirda qo‘y go‘shtidan tayyorlanadi. 1,5 soatda o‘tin olovda dimlab pishiriladi. 15-yildan buyon shu kasb bilan shug‘ullanaman. Taomdan Amerika davlatlari, Belarus, Rossiya, Osiyo davlatlariga yuboramiz”, - dedi jizzaxlik oshpaz Sobirjon G‘aybullayev.
© Sputnik
Jizzaxcha tandir kabob - Sputnik O‘zbekiston
1/2
© Sputnik
Jizzaxcha tandir kabob - Sputnik O‘zbekiston
2/2
1/2
2/2
Toshkentcha osh
“Oshpazlik menga ota meros, 10-yildan buyin to‘y-hashamlarda xizmatdaman. Bugun gastronomik ko‘chada Xorazmning lazer guruchidan 35 kg osh damladim. Rus, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq, koreys, xitoy kabi millatlar oshni sevib tanovvul qilishadi”, - dedi oshpaz Odil Hojimurodov.
© Sputnik
Toshkentcha osh - Sputnik O‘zbekiston
1/2
© Sputnik
Toshkentcha osh - Sputnik O‘zbekiston
2/2
1/2
2/2
Mador somsa
“Mador tog‘da o‘sadi. Festivalga Toshkent viloyati Parkent tumani tog‘laridan mador olib keldik. Bu yerda tandirda somsalarni yopib, mehmonlarga ulashdim. Mador somsa sog‘likka o‘ta foydali, anemiyani davolaydi, immunitetni ko‘taradi”, - dedi parkentlik somsapaz Shahnoza Dadamatova.
© SputnikMador somsa
Mador somsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
Mador somsa
Festivaldagi gastronomik ko‘chada boshqa viloyatlarning milliy taomlari norin, sho‘rva, qozon kabob, qazi, ayron go‘ja, tuxum barak, no‘xatsho‘rak tayyorlandi.
Sabzavotlar, poliz ekinlari va boshqa mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0