Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Avtomobil konditsionerining noto‘g‘ri ishlashi qanday oqibatlarga olib keladi

© Depositphotos / ArturVerkhovetskiyVoditel za rulem
Voditel za rulem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
Obuna bo‘lish
Avtomobildagi konditsionerning noto‘g‘ri ishlashi – kasalliklarning rivojlanish xavfini keltirib chiqaradi
Avtomobilda konditsioner tizimini noto‘g‘ri ishlatish, legionelloz va tonzillit kabi yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkin. Bu haqda shifokor-terapevt Daria Bayutina ma’lumot berdi.
Mutaxassisning fikricha, avtomobildagi konditsionerga texnik xizmat ko‘rsatish o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, qurilma mikroorganizmlar, ayniqsa, Legionella pneumophila bakteriyasining rivojlanishi uchun qulay muhitga aylanishi mumkin. Ushbu bakteriyaning nafas yo‘llari orqali kirishi og‘ir atipik pnevmoniyaga asos bo‘ladigan legionellozning rivojlanishiga olib keladi.
Bayutinaning ta’kidlashicha, konditsioner tizimi bronxial astmani qo‘zg‘atadigan zamburug‘ sporalarining ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratishi mumkin.
Shifokorning fikricha, mashinadagi bu qurilma havoni haddan tashqari quritadi. Bunday sharoitda odam konyunktivit, rinit, tonzillit va boshqa infeksiyalar bilan kasallanishi mumkin.
Terapevt yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan haydovchilarga avtomobil ichidagi iqlimni diqqat bilan nazorat qilishlarini tavsiya qiladi.
“Past harorat ta’sirida tomirlar torayadi, bu qon tomirlari spazmi va arterial bosimning oshishiga olib kelishi mumkin”, - dedi Bayutina Gazeta.ru bilan suhbatda.
Bundan tashqari, u ob-havoni hisobga olgan holda mashinadagi haroratni muvozanatlash kerak ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Eng maqbul farq 5-6 daraja bo‘lishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0