Bugun Qatardagi jahon chempionatida 2 nafar O‘zbekiston vakili bellashadi

© Natsionalniy Olimpiyskiy KomitetSegodnya v stolitse Katara Doxe startuyet chempionat mira po dzudo
Segodnya v stolitse Katara Doxe startuyet chempionat mira po dzudo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2023
Obuna bo‘lish
Kun davomida erkaklar o‘rtasida -60 kg, ayollar o‘rtasida esa -48 kg vazn toifasidagi bahslar o‘tkaziladi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Bugun Qatar poytaxti Doxa shahrida dzudo bo‘yicha jahon chempionati start oladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
An’anaga muvofiq, musobaqani yengil vazn toifasidagi bahslar ochib beradi. Kun davomida erkaklar o‘rtasida -60 kg, ayollar o‘rtasida esa -48 kg vazn toifasidagi bahslar o‘tkaziladi. Unda qatnashadigan o‘zbekistonlik sportchilar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov – Ariunbold Enxtayvin (Mo‘g‘uliston) (1/16 final);
-48 kg: Halimajon Qurbonova – Keysi Perafan (Argentina) (1/32 final).
Yangiliklar lentasi
0