O‘zbekiston Tojikistonga pillachilikni rivojlantirishga yordam beradi

© Assotsiatsiya "Uzbekipaksanoat"Tadjikistan
Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2023
Obuna bo‘lish
"O‘zbekipaksanoat" uyushmasi ishchi guruhi Tojikistonda bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan qiymati o‘n million dollarlik investitsiya loyihasi bilan tanishdi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Tojikistonda O‘zbekiston tajribasi asosida pillachilik rivojlanadi. Bu haqda "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi ma’lum qildi.
"O‘zbekipaksanoat" uyushmasi ishchi guruhi Tojikistonda bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan qiymati o‘n million dollarlik investitsiya loyihasi bilan tanishdi.
© Assotsiatsiya "Uzbekipaksanoat"Tadjikistan
Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2023
Tadjikistan
Ishchi guruhning Tojikistonga tashrifi chog‘ida ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish, intensiv tutzorlarni barpo etish, ipak qurti urug‘chiligini rivojlantirish, tut ozuqa bazasini ko‘paytirish, shuningdek, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
© Assotsiatsiya "Uzbekipaksanoat"Tadjikistan
Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2023
Tadjikistan
Namanganda pilla mavsumi boshlandi — foto
Ma’lumot uchun, 2022-yilning iyun oyida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurgan edi.
Tashrif doirasida har ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilingan.
Shuningdek, Tojikistonda O‘zbekiston tajribasi asosida pillachilik tarmog‘ini ham keng rivojlantirish masalasi ko‘rilgan.
Yangiliklar lentasi
0