Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchi Osiyo chempionatida ikkita medalini qo‘lga kiritdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaDjamila Panfilova viigrala dve nagradi na chempionate Azii.
Djamila Panfilova viigrala dve nagradi na chempionate Azii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2023
Obuna bo‘lish
Og‘ir atletika bo‘yicha Janubiy Koreyada o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ilk medallarini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchi Jamila Panfilova Osiyo chempionatida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha Janubiy Koreyada o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ilk medallarini qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida o‘tgan -55 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda Jamila Panfilova ikkita bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Uning dast ko‘tarishda qayd etgan 86 kg, siltab ko‘tarishdagi 105 kg natijasi unga har ikki yo‘nalishda shohsupaga ko‘tarilishini ta’minladi. Afsuski, sportchi ikki kurash bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Mazkur vazn toifasida qatnashgan yana bir atlet Nigora Abdullayeva esa musobaqani to‘qqizinchi pog‘onada yakunladi.
1. Guan Chen (Xitoy Taipeyi) – 204 (90+114) kg;
2. Soroxaimbam (Hindiston) – 194 (83+111) kg;
3. Vo Ti Nxu (Vyetnam) – 192 (88+104) kg;
4. Jamina Panfilova (O‘zbekiston) – 191 (86+105) kg;
9. Nigora Abdullayeva (O‘zbekiston) – 167 (77+90) kg.
Yangiliklar lentasi
0