https://oz.sputniknews.uz/20230506/milliy-cholgu-libos-baxshilar-festival-34691164.html
Milliy cholg‘u asbobi va libos: baxshilar festivalga qanday tayyorgarlik ko‘rishdi?
Milliy cholg‘u asbobi va libos: baxshilar festivalga qanday tayyorgarlik ko‘rishdi?
Sputnik O‘zbekiston
Festivalda Qashqadaryo va Surxondaryo baxshilari do‘mbira, Xorazm, Qoraqalpog‘iston baxshilari tor, dutor, qobuz cholg‘u asbobidan foydalanishadi.
2023-05-06T12:34+0500
2023-05-06T12:34+0500
2023-05-06T12:34+0500
madaniyat
o‘zbekiston
sirdaryo
festival
baxshichilik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/06/34690023_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_071cb72dae433b4a197d2b199d838918.jpg
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Sirdaryoning Guliston shahrida bo‘lib o‘tayotgan III xalqaro Baxshilar festivalida ishtirokchilarni cholg‘u asboblari va milliy liboslaridan ajratib olish mumkin, deya ma’lum qildi Sputnik muxbiri.Sirdaryoda Baxshilar festivali boshlandi — fotoFestivalda Qashqadaryo va Surxondaryo baxshilari do‘mbira, Xorazm, Qoraqalpog‘iston baxshilari tor, dutor, qobuz cholg‘u asbobidan foydalanishadi.Tadbirda ishtirok etayotgan baxshilarning har biri o‘z hududining milliy liboslarini kiygan: beqasam chopon, qashqar do‘ppisi, surxon do‘ppisi, belqars (belbog‘), qora qalpoq, astarli chopon.Festival doirasida “Zamonaviy baxshichilik san’ati: oltin merosning yangi ohanglari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.Konferensiyada zamonaviy baxshichilik san’ati muammolari, oltin merosni o‘rganish, tadqiq qilish, xalqaro baxshilar faoliyati va yosh kadrlar yetishtirish masalalari ko‘rib chiqildi.Baxshilar yetishtirish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Aytilishicha, bugungi kunda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida “Doston ijrochiligi” kafedrasi, Termiz shahrida baxshichilik maktabi, Nukus shahrida opera va baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab, respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablarida folklor sinflari faoliyat ko‘rsatmoqda.Respublikada ko‘p tomlik “Qoraqalpoq folklori” to‘plamlari chop etildi, hozirda 100 tomlik “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasi nashr etilmoqda. Baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilayotgan asarlarni yozib olish, ularni ilmiy o‘rganish ishlari muntazam davom etadi.
o‘zbekiston
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Dostonbek Rahmatullayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34374677_207:199:686:678_100x100_80_0_0_0ebbda2f233e2b8e368e45219324be77.jpg
Dostonbek Rahmatullayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34374677_207:199:686:678_100x100_80_0_0_0ebbda2f233e2b8e368e45219324be77.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/06/34690023_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_c7d0b7466500479faf306aedc7b38770.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Dostonbek Rahmatullayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34374677_207:199:686:678_100x100_80_0_0_0ebbda2f233e2b8e368e45219324be77.jpg
o‘zbekiston guliston viloyati festival baxshichilik
o‘zbekiston guliston viloyati festival baxshichilik
Milliy cholg‘u asbobi va libos: baxshilar festivalga qanday tayyorgarlik ko‘rishdi?
Dostonbek Rahmatullayev
Muxbir
Festivalda Qashqadaryo va Surxondaryo baxshilari do‘mbira, Xorazm, Qoraqalpog‘iston baxshilari tor, dutor, qobuz cholg‘u asbobidan foydalanishadi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Sirdaryoning Guliston shahrida bo‘lib o‘tayotgan III xalqaro Baxshilar festivalida ishtirokchilarni cholg‘u asboblari va milliy liboslaridan ajratib olish mumkin, deya ma’lum qildi Sputnik muxbiri.
Festivalda Qashqadaryo va Surxondaryo baxshilari do‘mbira, Xorazm, Qoraqalpog‘iston baxshilari tor, dutor, qobuz cholg‘u asbobidan foydalanishadi.
Tadbirda ishtirok etayotgan baxshilarning har biri o‘z hududining milliy liboslarini kiygan: beqasam chopon, qashqar do‘ppisi, surxon do‘ppisi, belqars (belbog‘), qora qalpoq, astarli chopon.
“Mazkur festivalda eng muhimi ijodiy tajriba o‘rganamiz. Vatanimizda va xalqaro maydonda ijod qilayotgan yetuk baxshilarning sara namunalari bilan tanishamiz. Bu yilgi Baxshilar festivalida ustozlar bilan birga yosh baxshilarni ham ko‘rib turibmiz. O‘ylaymanki, bu an’ana asriy davom etadi”, dedi qoraqalpoq yosh baxshisi Atabek Tangribergenov.
Festival doirasida “Zamonaviy baxshichilik san’ati: oltin merosning yangi ohanglari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada zamonaviy baxshichilik san’ati muammolari, oltin merosni o‘rganish, tadqiq qilish, xalqaro baxshilar faoliyati va yosh kadrlar yetishtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Baxshilar yetishtirish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Aytilishicha, bugungi kunda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida “Doston ijrochiligi” kafedrasi, Termiz shahrida baxshichilik maktabi, Nukus shahrida opera va baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab, respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablarida folklor sinflari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublikada ko‘p tomlik “Qoraqalpoq folklori” to‘plamlari chop etildi, hozirda 100 tomlik “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasi nashr etilmoqda. Baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilayotgan asarlarni yozib olish, ularni ilmiy o‘rganish ishlari muntazam davom etadi.