Janubiy Koreyada AQShning qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

© AP Photo / Lee Jae-wonAmerikanskiy istrebitel F-16 Fighting Falcon. Arxivnoe foto.
Amerikanskiy istrebitel F-16 Fighting Falcon. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2023
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreyada F-16 qiruvchi samolyoti Amerika bazasi yaqinida halokatga uchradi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Bugun Amerikaning F-16 qiruvchi samolyoti Janubiy Koreyadagi AQShning yirik harbiy bazasi yaqinida mashg‘ulot parvozi vaqtida halokatga uchradi. Bu haqda CNN telekanali ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Qayd etilganidek, qiruvchi samolyot Osan aviabazasi yaqinidagi qishloq hududiga qulagan.
Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchi o‘zini o‘zi katapulta tizimi yordamida tashqariga chiqarishga ulgurgan. U tibbiy muassasaga olib ketilgan.
Harbiylarga ko‘ra, tinch aholi orasida qurbonlar yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0